O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida 2025–2026-o‘quv yilining birinchi semestri bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlari belgilangan tartib hamda amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda.

Imtihon jarayonlari ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazilmoqda. Talabalar bilimini xolisona baholashni ta’minlash maqsadida yakuniy nazorat jarayonlari fakultet dekani X.Xakimov hamda kafedra mudirlari tomonidan nazorat  qilinmoqda.

Yakuniy nazorat imtihonlari talabalarning semestr davomida egallagan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etish, shuningdek, ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 Imtihon jarayonlarida ishtirok etayotgan barcha talabalarimizga omad, muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube