O‘zDJTUda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.
2025-yil 6-7-fevral kuni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov va Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig'i S.Raxmonov boshchiligidagi ishchi guruh Ingliz tili 3-fakulteti va Rus filologiyasi fakulteti kafedralari faoliyatini monitoringdan o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida kafedralarning 2025-yil uchun maqsadli rivojlantirish ko‘rsatkichlari, ilmiy tadqiqotlar samaradorligi, o‘qituvchilarning ilmiy maqolalar chop etish faolligi, xalqaro loyihalardagi ishtiroki hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.
Ushbu monitoring universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy faoliyatini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaliyotchi-Ochildiyeva O'g'iloy