O‘zDJTUda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.
10-fevral kuni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O. Yusupov boshchiligidagi ishchi guruh Ingliz tili 1-fakulteti kafedralari faoliyatini monitoringdan o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida kafedralarning 2025-yil uchun maqsadli rivojlantirish ko‘rsatkichlari, ilmiy tadqiqotlar samaradorligi, o‘qituvchilarning ilmiy maqolalar chop etish faolligi, xalqaro loyihalardagi ishtiroki hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.
Amaliyotchi:Ochildiyeva O'g'iloy