4-mart kuni Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.
JICA volontyorlari koordinatori Janob Ivata Shoichi, JICA volontyorlari koordinatori Ashixara Tomoko xonim, JICA volontyorlari dasturi koordinatori Xasanov Odilxon, JICA volontyori Noto Kuniyukilardan iborat mehmonlar universitet rahbariyati vakillari tomonidan kutib olindi va tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi.
Unda OʻzDJTU tomonidan Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev, Yapon tili oʻqituvchisi N.Xamidova ishtirok etdi.
Uchrashuvda JICA bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari: taʼlim va texnik grantlar ajratish, yangi volontyorlarni taklif qilish, volontyorlarga OʻzDJTUda ishlash uchun sharoitlar yaratish, Yaponiya OTMlari bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.