Yaponiyalik mutaxassis bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
27-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiya elchixonasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) yo‘llanmasi asosida faoliyat yuritgan yapon tili o‘qituvchisi Nota Kunikining o‘z vataniga qaytishi munosabati bilan xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Jo‘rayev hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda prorektor Nota Kunikiga universitetdagi samarali faoliyati va yapon tilini o‘qitishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgan. Tadbir davomida uning fidoyi mehnati, talabalarga yapon tili va madaniyati bo‘yicha bergan bilimlari, shuningdek, turli ma’rifiy va madaniy tadbirlarda faol ishtiroki yuqori baholandi.
Shuningdek, Nota Kuniki universitet jamoasi bilan hamkorlikni davom ettirish istagini izhor qilib, talabalarimizga sifatli ta’lim berishda yordam bergani uchun minnatdorlik bildirdi.