10-mart kuni "Toshkent dengizi" hududidagi O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining  dam olish oromgohida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chatlar ekildi.

Unda O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov prorektor va rahbar xodimlar ishtirokida belgilangan hududda buta va ko'chatlar ekish ishlari amalga oshirildi.

Ma'lumot uchun: Ushbu tashabbus ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrash, salomatlikka e'tibor berishda talabalarga namuna sifatida alohida o'rin tutadi.

Ekologiyani asrash har birimizning burchimiz!

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube