YUKSAK EʼTIROF MUBORAK!
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili-2 fakulteti «Ingliz tilini öqitiş metodikasi №2» kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) O.S. Ahmedov Turon Fanlar akademiyasi qaroriga asosan “Akademik” ilmiy unvoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak eʼtirof professor O.S. Ahmedovning ilm-fan va taʼlim rivojiga qöşayotgan hissasi, köp yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyati hamda yoş avlodni yetuk mutaxassislar etib tarbiyalaş yölidagi mehnatining munosib eʼtirofidir.
Ingliz tilini öqitiş metodikasi №2 kafedrasi jamoasi hurmatli professorimiz O.S. Ahmedovni uşbu yuksak ilmiy unvon bilan samimiy muborakbod etadi!
Ustozimizga mustahkam soğlik, oilaviy farovonlik, ilmiy-pedagogik faoliyatlarida yangi zafarlar, ulkan yutuqlar hamda şogirdlar kamolini körib yuriş baxtini tilaymiz.
“Akademik” ilmiy unvoni muborak bölsin!
2026-10-26 11-00