"O'zbekistonda xorijiy tillar" elektron ilmiy-metodik jurnali
“O'zbekistonda xorijiy tillar” (FLEDU.UZ) nomli elektron ilmiy-metodik jurnal va Internet portali — virtual muhitda chet tilini o’rganuvchilar uchun zarur axborot va bilimlarni beradigan, til o’rgatuvchi mutaxassislar uchun zamonaviy, yangi til o’qitish metodikalarini taqdim etadigan, o’zaro kasbiy muloqot hamda tajriba almashishga qaratilgan o’ziga xos akademik platforma hisoblanadi. “O’zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-metodik elektron jurnali mamlakatimizda gumanitar sohadagi ilk elektron ilmiy nashr.
Jurnalning vazifasi – lingvodidaktikaning holati, rivojlanish istiqbollari, xorijiy tillarni o’qitish metodikasi, nazariy lingvistika, tarjimashunoslik, adabiyot va madaniyat, jurnalistika haqida o’quvchilarga tezkor ma’lumotlarni yetkazib beradi. Gumanitar sohani ommalashtirish, olimlarning ilmiy izlanish va tadqiqot natijalarini e’lon qilish uchun o’ziga xos maydon taqdim etadi hamda axboriy faoliyatni amalga oshiradi.
Jurnal foydalanish uchun ochiq. Jurnalning e’lon qilingan sonlari tarkibi va maqola matnlari saytning “Arxiv” ruknida erkin foydalanish uchun ikki xil: veb sahifa va kitob ko’rinishida joylashtirilgan.