Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 21.02.2017 yildagi 87-04-257-sonli namunaviy shtatlarini joriy etish to‘g‘risidagi xatiga asosan axborot texnologiyalari markazi raqamli ta’lim texnologiyalari markaziga o‘zgargan. Markaz faoliyati universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
Markazning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
- yangi axborot texnologiyalari bo‘yicha elektron ilmiy, uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv qo‘llanmalar yaratishda, shuningdek ularni Internet tarmog‘ida – xalqaro axborot tizimlarida tarqatishni tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish;
- masofaviy ta'limni amalga oshirish; professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalar uchun kompyuter va axborot texnologiyalari resurslaridan, Internet - xalqaro axborot tizimlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
- buyurtmalar asosida professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar o‘rtasida bepul kompyuter kurslarini tashkil etish; kompyuter tarmog'ini tashkil etish;
- axborotni uzatish va qabul qilish vositalaridan foydalanish (Internet, elektron pochta, modem aloqasi, faks va boshqalar);
- respublika va xorijiy ta’lim muassasalari hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha ilmiy tekshirish markazlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, internet tarmog‘idan foydalangan holda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqa o‘rnatish;
- o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishni kompyuterlashtirish, shu bilan birga, yagona axborot makonini yaratish, kadrlar tayyorlash sifatini markazlashtirilgan masofadan boshqarishni amalga oshirish;
- axborot texnologiyalari uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar va jihozlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangilash;
- oliy ta’lim tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish; axborot bazasini yaratish va uni doimiy axborot bilan yangilash;
- videokonferensiya, videokonsultatsiya va videomunozaralar tashkil etish; universitet veb-saytini yaratish va uni yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Universitet bo’yicha kompyuterlar soni – 1436 ta, shundan: - talabalar uchun – 696 ta,- kafedralar, ma’muriyat uchun – 740 ta,- videoproyektor – 70ta, - interaktiv doska – 4 ta,- interaktiv panel – 9 ta,- infokiosk – 5 ta,- elektron doska - 7 ta,- kameralar soni - 220 ta,- televisorlar soni -288 ta qurilmalar mavjud.