Xotin-qizlar maslahat Kengashi

Kengash xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy qo‘llab-quvvatlovchi ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida o‘z aksini topgan ijtimoiy-siyosiy kafolatlarni amalga oshirilishiga ko‘maklashuvchi jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi Kengash hisoblanadi.

Vazifalari:

•    xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatning samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish ishlarini hamkorlikda tashkil etish;
•    xotin-qizlarning universitet jamoasida va boshqaruv tizimidagi rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi maqsadli ishlarni tashkil etishga ko‘maklashish;
•    xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish;
•  ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash ishlariga ko‘maklashish;
•    yoshlarni oilaviy, hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy asoslarini o‘rgatish. oilalarni mustahkamlash. nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga, yordamlashish.

 

Kengashning huquq va majburiyatlari:

•    o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshirish;
•    O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni (12.04.2018.O’zRQ-474-son) va qonunosti hujjatlari talablariga rioya etish;
•    fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga. ularning shaxsiy hayotiga aralash ishga yo‘l qo‘ymaslik;
•    Kengash qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Kengash quyidagi huquqlarga ega:

•    jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning totuvligi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash yuzasidan Oliy va o‘rta rnaxsus ta’lim vazirligiga takliflar kiritish; 
•    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Kengash vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish; 
•    xotin-qizlar, ayniqsa, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar  haqidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchililk nazoratini amalga oshirish;
•    zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish rnaqsadida universitetda xotin-qizlar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishdan iborat.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube