Xorijlik abituriyentlar diqqatiga! Siz O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qimoqchimisiz? Unda quyidagi ssilka orqali ro‘yxatdan o‘ting https://uzswlu.uz/xalqaro-hamkorlik va https://studyin-uzbekistan.uz/universities/35/
Bo‘lim vazifalari
1. Universitetni The, QS, Webometrics, Green metrics kabi xalqaro reytinglarga kirishi ustida ishlash. Universitetning jahon reytinglaridagi faoliyatini baholash va oliy o'quv yurtlari tomonidan muvaffaqiyatga erishish uchun resurslar taqdim etish. Bizning vazifamiz universitet faoliyatining uchta asosiy sohasini qamrab oladi: tadqiqot, ta'sir va o'qitish.
- Xalqaro reytinglar universitetlarning o‘z faoliyati va boshqa oliy ta‘lim muassasalari orasidagi o‘rni haqida qimmatli ma‘lumotlarni taqdim etadi. Ushbu ma‘lumotlardan muassasaning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, shuningdek, boshqa muassasalar bilan solishtirish uchun foydalaniladi
- Universitet reytingiga ta‘sir etuvchi tamoyillarni ishlab chiqish.
- Universitetning xalqaro reytingdagi o‘rnini ko‘tarishga va rivojlantirishga qaratilgan xalqaro universitet reytinglariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish va ularning natijalarini tarqatish.
- Xodimlarga qimmatli ma‘lumotlarni taqdim etish, universitet obro‘ – e‘tiborini oshirish, fikr-mulohazalarni taqdim etish va raqobat va innovatsiyalarni rag‘batlantirish orqali xalqaro reytinglarda universitet faoliyatini yaxshilashga va talabalarga yaxshiroq xizmat ko‘rsatishga yordam berishi mumkinligini tushuntirish.
- Talabalarni dasturlar orqali jalb qilish va univeristetni avval Osiyoda keyin esa dunyo reytinglarida yuqori o‘ringa olib chiqish uchun ishlar olib borish.
- Universitetni Osiyodan boshlab xalqaro miqiyosida kengayib borayotgan dasturlar orqali talabalarni jalb etuvchi muassasalardan biriga aylanishiga yordam berish.