Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi
Kafedra mudiri: Yormatova Dilorom Yormatovna, q.x.f.d., professor.
Kafedra tarixi
Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi 2025 yil 30 yanvarda (6-bayonnoma) universitet rektori buyrug‘iga asosan Tarjimonlik fakultetida tashkil qilindi.
Kafedra tarkibi:
1. Yormatova D., q.x.f.d., professor
Xushvaktova X.S., DSс., dosent
3. Mudarisova R.X., t.f.n., dosent
4. Valiyeva Z.O., katta o‘qituvchi
5. Saidova Sh.A., katta o‘qituvchi
6. Tursunova N.A., katta o‘qituvchi
7. Muhammadiyev J.M., stajyor-o‘qituvchi
8. Sadiyeva I.S., stajyor-o‘qituvchi
Kafedra ilmiy yo‘nalishi: Kafedrada “O‘zbekiston tuproqlarining bioekologiyasi va o‘simliklarni yetishtirish agrotexnikasini ilmiy asosda o‘rganish” va “Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati” mavzularida ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
1. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
2. Hayot faoliyati xavfsizligi
Kafedra bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha DTSlar, o‘quv rejalari va fanlar bo‘yicha namunaviy dasturlar bilan ta’minlangan. Universitet Axborot-resurs markazida kafedrada o‘tiladigan barcha fanlar bo‘yicha tipografik shakldagi va elektron adabiyotlar yetarli va to‘liq ta’minlangan.
Kafedrada ilmiy-uslubiy ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2024-2025 o‘quv yili uchun tuzilgan ilmiy-uslubiy ishlar rejasi mavjud. Kafedra o‘qituvchilari ta’limni tashkil qilishning zamonaviy interfaol metodlarni, yangi materialni o‘rganish va mustahkamlashda ko‘rgazmali qurollar, video va audio materiallardan foydalanishadi hamda mustaqil dars soatlarini juda qiziqarli olib borishadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan muntazam ravishda darsliklar, monografiya, o‘quv va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, Xalqaro va OAK e’tirof etgan jurnallarda ilmiy maqolalar, xalqaro ilmiy anjumanlarda va Respublika anjumanlarida tezislar chop etiladi. Oziq ovqat xavfsizligi masalalari, ekinlardan yuqori hosil olish va tuproq unumdorligi bo‘yicha Hukumat topshiriqlarini bajarishadi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida, Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan “Ekologiya” ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgan. “Ekologiya” ITI maqsad va vazifalari doirasida monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy-metodik maqolalar yozish va nashr ettirish, ekologiya ixtisoligi bo‘yicha doktorantura ochish, ilmiy darajaga ega bo‘lalgan kadrlar tayyorlash, ekologiya, biologiya bo‘yicha yozilgan dissertasiyalarga ekspert xulosalarini berish, muhokamadan o‘tkazish va Global oziq ovqat muammolarini yechimi bo‘lgan yo‘nalishlarda loyihalar yozishadi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zMU va TDTU huzuridagi mintaqaviy malaka oshirish markazlarida belgilangan reja asosida o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar.
Kafedra a’zolari universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlarida ham faol ishtirok etishadi, “Yashil makon” tashabbusiga qo‘shib universitetda zaytun maydonchasi tashkil qilindi. Ular talabalarni Vatanga, ota-onaga, ustozlarga, ilm-fanga muhabbat ruhida, o‘z kelajagi, salomatligi va xavfsizligiga ma’suliyatli, yuksak ma’naviyatli shaxs etib tarbiyalash bilan bog‘liq masalalarni o‘zida ifodalagan holda olib bormoqdalar.
Tarjimonlik fakulteti
Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi professor o`qituvchilari