Tarjimonlik fakulteti

Fakultet haqida

Tarjimonlik fakulteti 

Fakultet dekani: Yo'ldoshev Ulug'bek Ravshanbekovich

Fakultet tarixi: O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 12 maydagi 401-sonli farmoniga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashkil qilinganligi hamda xalq xo‘jaligining turli sohalarida xalqaro aloqalarning kengayib borganligi va bunda malakali tarjimonlarga talab ortganligini inobadga olib O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1994 yil 24 oktyabrdagi 93-sonli buyrug‘iga asosan universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli talabalar suhbat asosida tarjimonlik yo‘nalishiga o‘qishga tanlab olingan va TARJIMONLIK fakulteti tashkil etilgan.

Tarjimonlik fakultetiga 1994-1995 o‘quv yilidan boshlab “Ingliz tili quyi kurslar” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent O.M.Mo’minov dekan etib, shu kafedraning o‘qituvchisi J.A.Ruzmetov dekan muovini etib tayinlangan. Keyingi yillarda fakultetga yetuk mutaxassislardan, filologiya fanlari nomzodi N.M.Qambarov (2002-2009), T.A.Madrahimov (2009 yil), H.I.Hakimov (2009-2012), I.M.Tuxtasinov (2012-2013), S.A.Ziyayeva (2013-2019) va O.P.Habitovich (2019-2021)  rahbarlik qilishdi. Hozirgi paytda ushbu lavozimda filologiya fanlari buyicha falsafa doktori (PhD) Karimov Rivojiddin G’ulamjonovich faoliyat olib bormoqda.

Sinxron tarjimani o‘rgatishga sohaning eng tajribali o‘qituvchilari jalb etilgan. Sinxron tarjima fanini o’qitish uchun maxsus chet el texnikasi bilan jihozlangan auditoriyalar mavjud. O`zbekistonda og`zaki tarjimani rivojlantirish loyihasi doirasida Janubiy Koreyaning Xankuk chet tillari universiteti tomonidan 2014 yilning sentyabr oyida koreyalik mutaxassislar tomonidan 40 nafar talabaga mo`ljallangan 2 ta xonani sinxron tarjimaga o`qitish uskunalari bilan jihozlab berishdi.


 

Fakultetda 7 ta mutaxassislik kafedralari mavjud:

  1. O'zbekiston tarixi kafedrasi
  2. Ingliz tili tarjima nazariyasi
  3. Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi
  4. Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti
  5. Ingliz tili amaliy tarjima
  6. Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti
  7. Tabiiy fanlar kafedrasi

 

O‘quv ishlari

Fakultetda kunduzgi ta’lim shaklida saboq olayotgan 1953 nafar talaba va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan 150 nafar talabaga o‘z sohasining yetuk bilimdoni bo‘lgan 130 dan oshiq professor-o‘qituvchi dars berib kelmoqda. Ularning 3-nafari fan doktori (DSc) professorlar, 20 nafar fan nomzodi (PhD) dotsent ilmiy darajasiga ega tajribali ustozlardir. Fakultetda 2 nafar arab, 2 nafar italyan professor-o‘qituvchi bor.

Fakultetda bakalavr yo‘nalishlarida 4 ta Yevropa tillari (ingliz, fransuz, nemis) va 1 ta sharq tillari (arab), shuningdek, gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiyva umumkasbiy fanlardan dars berilmoqda. Bitiruvchilarimiz kamida “B2 – tilni mustahkam egallash va erkin muloqot qila olish” bosqichigacha bo‘lgan ko‘nikmalarni to‘liq egallaydi.

Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:

      

Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)        

Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) 

4. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili)  

5. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili)    

6. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (italyan tili)   

7. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)

 

Kechki ta’lim shakli:

 

Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Fakultetda o‘zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan ijodkorlar, davlat arboblari, sarkardalarning tavallud kuni munosabati bilan bayram tantanalari uyushtiriladi. Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sanalar munosabati bilan ham tadbirlar amalga oshiriladi. Fakul’tet talabalari universitet, tuman, shahar, respublika, xalqaro miqyosdagi yoki oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik tanlovlarda faol qatnashib munosib o‘rinlarni egallab kelmoqda. Har yili universitet miqyosida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha “Rektor kubogi”, musobaqalarida o‘qituvchilar va talabalarimiz fakul’tet terma jamoalari tarkibida qatnashib yaxshi natijalar ko‘rsatishmoqda

Fakultetda 5 tashabbus bo‘yicha amalga oshirilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifat tadbirlarining qamrovi hamda samaradorligini ko‘tarish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Unga muvofiq ravishda talabalarning siyosiy va huquqiy savodxonliklarini yanada oshirish, shu bilan birga, mamlakatimizda yuz berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni yoshlar ongiga singdirish maqsadida talaba-yoshlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari, respublika davlat arboblarining intervyulari hamda xorijiy mamlakatlarda ro‘y berayotgan turli voqea-hodisalar haqida to‘laqonli ma’lumotlar dekanat hamda kafedralar hamkorligida tashkil etilgan “Axborot va murabbiylik soatlari”da muntazam yoritib boriladi

Fakultetda o‘zbek xalqi orasida mashhur shoirlar, adiblar, ijodkorlar, davlat arboblari, san’atkorlar, sportchilar bilan davra suhbatlari doimiy tashkil qilinadi. Talabalarning tarixiy qadamjolar, obidalar, shaharlarga, turli muzey va teatrlarga, harbiy qismlar, mehribonlik uylari, sahovat uylariga tashriflari amalga oshirilmoqda