USMONOVA SHAHODAT ABDURAHIMOVNA

Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi: Professor

Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi: Kafedra mudiri

Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi 

Kafedra mudiri: Usmonova Shahodat Abdurahimovna

 Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Kafedra tarkibi

Asosiy shtat:

Dotsent – 1 nafar

Katta o‘qituvchi – 9 nafar

O‘qituvchi –12 nafar

O‘qituvchi- stajyor – 20 nafar 

Jami – 42 nafar

O‘rindoshlar:

Ichki o‘rindoshlar – 5 nafar

Tashqi o‘rindoshlar – 6 nafar

Jami – 11 nafar

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

60230100 – filologiya va tillarni o‘qitish (Ingliz tili)

2-kurs Kunduzgi va kеchki ta'lim

O‘qish va yozish amaliyoti

Оg‘zaki nutq amaliyoti

Mamlakatshunoslik

Tanlov fanlar (Kommunikativ leksika, O‘lkashunoslik va turizm, Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari, Til ko‘nikmalari integratsiyasi, Badiiy o‘qish, Chet tilini o‘qitishning uslub va tamoyillari, Madaniyatlararo muloqotni shakllantirish, Chet tilini o‘qitishda AKT)

Kafedra professor-o‘qituvchilarining yutuqlari

- Ingliz tili amaliy aspektlari kafеdrasining asosiy shtatdagi 42 nafari C1 darajadagi milliy va хalqaro til bilish sеrtifikatlariga ega.

Kafedrada yo‘lga qo‘yilgan ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra mudiri Usmonova Shahodat Abdurahimovna 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida “Mediadiskursda gazeta tili tendentsiyalari (o‘zbek va ingliz tillari misolida)” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan, PhD ilmiy darajasiga, va dotsent ilmiy unvoniga ega.

Kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi Rasulova Nilufar Abduvossiyevna 10.00.06 – qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz-o‘zbek tillaridagi akusher-ginekologik va urologik tibbiy terminlarning qiyosiy-tipologik tadqiqi” mavzusida tadqiqot olib borgan, PhD ilmiy darajasiga ega.

Kafedra katta o‘qituvchisi Avezova Nigora Safarovna 10.00.06 – qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek va ingliz tillarida inson tana a’zolari harakatini ifodalovchi leksemalar tipologiyasi” mavzusida tadqiqot olib borgan, PhD ilmiy darajasiga ega.

Kafedra katta o‘qituvchisi Saidov Ravshan Tursunovich 13.00.02 – metodika va ta’lim nazariyasi iхtisosligi bo‘yicha “Filolog talabalarning o‘qish kompetentsiyasini ingliz tilidagi badiiy matnlar asosida takomillashtirish” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda.

Kafedra katta o‘qituvchisi Boysariyeva Fotima Tursunaliyevna 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Xorijiy tillarni ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda lingvomadaniy yondashuv (ingliz tili misolida)” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda.

Kafedra katta o‘qituvchisi Atanazarova Shohida Bahramovna 10.00.06 - qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Reklama matnida perlokutsiya va illokutsiya (ingliz va O‘zbek tillari misolida)” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.

Kafеdra o‘qituvchisi Xamidova Durdona Muxtorovna 10.00.06 - qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillaridagi iqtisodiy terminlarning leksik tipologiyasi va leksikografik talqini” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.

Kafedra katta o‘qituvchisi Anarbayev Orzubek Raxmanovich 10.00.06 - qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Qo‘shma so‘zlarning ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari (gazeta korpusi materiallari asosida)” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.

Kafedra mustaqil tadqiqotchisi Qosimova Shohida Shokir qizi 10.00.06 - qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Salom va xayrlashish so‘zlarining semantik maydonlarining lingvosotsional tadqiqi” (o‘zbek va ingliz tillari misolida) mavzusida tadqiqot olib bormoqda.

Chop etilgan ilmiy maqola va tezislar

-Kafеdrada 2024-2025 o‘quv yilining kuzgi semestrida 30 dan ortiq OAK maqola, 100 dan ortiq хalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilgan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Yoshlarning milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish va an’analarni qadrlash maqsadida O‘zDJTU filologiya fakulteti ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2024-2025 o‘quv yili davomida bir qancha ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda.

Jumladan, 2024-yilning 4-noyabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti 2-kurs talabalari o‘rtasida “The role of language in shaping language identity” mavzusida “Essay contest” tashkil etildi. Ushbu tanlovda 50 dan ortiq talabgor ishtirok etib, g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari, 2024-yilning 11-oktabr kuni O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 5-sonli talabalar turar-joyida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Dastur davomida talabalar bilan birgalikda qiziqarli tarzda “O‘z qo‘rquvingni yeng” nomli trening olib borildi. Shuningdek, kayfiyatni ko‘tarish uchun qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Savol-javoblar orqali talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyati yanada oshirildi. Jarayon talabalarga pozitiv kayfiyat, ijobiy energiya bag‘ishladi.

2-kurs talabalarining yutuqlari:

Ingliz filologiyasi fakulteti 2109-guruh talabasi 2024-2025 o‘quv yilida Rektor stipendiyasi sohibasi, Xaldurdiyeva Oguljeren “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida 15-19 yosh toifasida ishtirok etib, 340,3 ball bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! G‘olib sifatida unga Prezident sovg‘asi – BYD Chazor elektromobili tantanali ravishda topshirildi.

2-kurs talabasi Izzatullayeva Farangiz “Global UGRAD Exchange Program” grant loyihasini qo‘lga kiritdi va AQShda o‘qish huquqiga ega bo‘ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube