Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi haqida
1994-yil O‘zDJTU qoshida Tarjimonlik fakulteti tashkil qilingan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, filologiya fanlari nomzodi, tarjimashunoslik sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan yetuk olim, 10 ga yaqin qo‘llanma va darsliklar hamda 100 dan ortiq maqolalar muallifi, 15dan ortiq fan nomzodlari rahbari Mo‘minov Omon Mo‘minovich shu fakultet dekani etib tayinlandi. 2002-2012 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, 2012-2017 yy. - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjimashunoslik kafedrasi professori bo‘lib o‘z faoliyatini olib borgan. Kafedra tarjima masalalariga oid nazariy va amaliy faoliyatni yuritib, tarjima ko‘nikmalari va tarjimon mahorati bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni amalga oshirgan.
Omon Mo‘minov O‘zbekistonda tarjimashunoslikni yangi bosqichga olib chiqqan zabardast olim edi. Uning “English for translators”, “Translation history”, “Practical translation”, “A Guide to Consequative Translation”, “Yozma tarjima”, “Tarjima nazariyasi” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalari hozirgi kunda ham tarjimon tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlarida asosiy o‘quv adabiyotlaridan hisoblanadi.
Kafedrada yetakchi ustoz murabbiylari X.B.Samigova, B.A.Xolbekova, L.K.Zuparova, A.A.Hamidov, D.U. Mirsagatovalar faoliyat yuritib, kafedra rivojiga o‘z xissalarini qo‘shdilar Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab O‘UM va o‘quv qo‘llanmalar yaratildi. 2021 – 2022 o‘quv yilidan kafedra 2 qismga bo‘linib quyi kurslar alohida kafedra bo‘lib ajralib chiqdi va kafedra “Ingliz tili tarjima nazariyasi” kafedrasi deb yuritila boshlandi. 2022 – 2023 o‘quv yilidan Abduganiyeva Jamila Rustamovna kafedra mudiri sifatida faoliyat boshladi. 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab kafedraga f.f.n. dotsent Odilov Baxodir Baxtiyarovich rahbarlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 48 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 2 nafari Xorijlik prof-o‘qituvchilardir. ( AQSH va Hindiston), (Tarkibning 37 nafari asosiy, 11 nafari o‘rindosh, jumladan, 3 nafar filologiya fanlari doktori, professor, 4 nafar fan nomzodi (PhD), 1 ta kafedra dosenti, 7 ta katta o‘qituvchi, 7 ta o‘qituvchi). Kafedrada 2024-2025 o‘quv yilida 110 ta ilmiy maqola (xorijiy jurnallarda – 43 ta; mahalliy jurnallarda 67 ta), 2 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr ettirildi. 2024-2025 o‘quv yilida 7 ta dissertasiyaning kafedra muhokamasi o‘tkazildi. Kafedraga universitet ro‘yxatidan o‘tgan 55 ta mustaqil izlanuvchilar biriktirilgan.
Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
1. 61010500 - Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)-bakalavr
2. 60230200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) bakalavr
3. 70230201 - Qiyosiy tilshunoslik, ligvistik tarjimashunoslik(ingliz tili) -magistratura
4. 70230202 - Sinxron tarjima (ingliz tili)-magistratura
5. 70230203 - Badiiy tarjima (ingliz tili)- magistratura
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat yo‘nalishi:
3 - kurs Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati
Ingliz tili (asosiy o‘rganilayotgan chet tili)
Yozma tarjima
Og‘zaki tarjima
Ingliz tilida biznes muloqot madaniyati/Turizm faoliyatining huquqiy asoslari
Turizm va o‘lkashunoslik/Turizmda oziq-ovqat xizmatlari (1) (ma’ruza),seminar
Nutq madaniyati va stilistikasi/Ritorika (2) (ma’ruza), seminar
Ingliz tilida biznes muloqot madaniyati/Turizm faoliyatining huquqiy asoslari
- Turizm va o‘lkashunoslik/Turizmda oziq-ovqat xizmatlari (1) (ma’ruza),seminar
- Nutq madaniyati va stilistikasi/Ritorika (2) (ma’ruza), seminar
4 -kurs Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati
- Asosiy o‘rganilayotgan chet tili
- Yozma tarjima
- Tarjima nazariyasi (2) (ma’ruza), seminar
- Og‘zaki tarjima
- Ekskursiya xizmatlarini tashkil etish va boshqarish
- Ekskursiya faoliyatining nazariy asoslari
- Gid tarjimonning tashkiliy-huquqiy asoslari (1) (ma’ruza),seminar
- Oʼzbekiston milliy va madaniy merosi (2) (ma’ruza, seminar
- Madaniyatlararo muloqot asoslari
- Ekskursiya faoliyatini tashkil etish (2) (ma’ruza), seminar
3 – kurs ingliz tili yo‘nalishida
- Og‘zaki tarjima TING
- Sinxron tarjima TING
- Kino-video materiallari tarjimasi TING
- Yozma tarjima TING
- Oʻqish va yozish amaliyoti
- Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti
4 – kurs TING
Qiyosiy tipologiya
Badiy tarjima
Matbuot tili
Ketma-ket tarjima
Nazariy grammatika va til tarixi
Stilistika va matn tahriri (1) (ma’ruza),seminar
Leksikologiya (2) (ma’ruza),seminar
Tarjima nazariyasi (2) (ma’ruza), seminar
Diplomat tarjimon etikasi
Nutq madaniyati
Tarjima nazariyasi va amaliyoti (KECHKI)
3-kurs TINGK
Ogʻzaki nutq amaliyoti
Oʻqish va yozish amaliyoti
Yozma tarjima
Sinxron tarjima
Kino-video materiallar tarjimasi/Audiovizual tarjima
Madaniyatlararo muloqot nazariyasi va amaliyoti/Konferensiya va simpozium materiallari tarjimasi (2) (ma’ruza), seminar
Magistratura 1 – kurs
Sinxron va qiyosiy tilshunoslik yo‘nalishi:
Yozma tarjima va tahrir
Madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik (2) (ma’ruza),seminar
Tarjimaning ekstralingvistik asoslari (2) (ma’ruza),seminar
Badiiy matnlar tarjimasi (1) (ma’ruza),seminar
Tarjima va uslubiyat/Badiiy matn stilistikasi (2) (ma’ruza),seminar
Amaliy sinxron tarjima
Og‘zaki tarjima mahorati
Magistratura 2 – kurs
Badiiy matn stilistikasi (ma’ruza)
Terminologiya (1) ma’ruza
Maxsus matnlar tarjimasi/Tarjima matnlarini tahrirlash usullari (ma’ruza)
Yozma tarjima va tahrir (ma’ruza)
Xorijiy tillarni oʻqitish qiyosiy metodikasi/
Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ro‘yxati
№ |
F.I.Sh. |
Ilmiy daraja va lavozimi |
1 |
Odilov Baxodir Baxtiyarovich |
kafedra mudiri |
2 |
Samigova Hushnuda Botirovna |
kafedra professori |
3 |
Rahimov G‘anisher Xudayqulovich |
kafedra professori |
4 |
Abdullayeva Shohida Norqulovna |
kafedra dotsenti |
5 |
Kaxarova Iroda Sidikovna |
kafedra dotsenti |
6 |
Choriyeva Shaxnoza Shuxratovna |
Katta o‘qituvchi |
7 |
Bayjanova Oqila |
Katta o‘qituvchi |
8 |
Amanova Gulnoza |
Dotsent |
9 |
Xolbekova Begoyim Abduraxmonovna |
kafedra dosenti |
10 |
Hamidov Alisher Axmatovich |
katta o‘qituvchi |
11 |
Djalolov Furkat Fattoxovich |
katta o‘qituvchi |
12 |
Zuparova Lobar Karimovna |
katta o‘qituvchi |
13 |
Mirsagatova Dilorom Ubaydullayevna |
katta o‘qituvchi |
14 |
Qurbonova Nilufar Nasriddinovna |
katta o‘qituvchi |
15 |
Saidova Gulyora Abduxakimovna |
katta o‘qituvchi |
16 |
Sobirova Dildora Abduvaliyevna |
katta o‘qituvchi |
17 |
To‘rayev Alisher Ibragimovich |
o‘qituvchi |
18 |
Azizova Nafruza Esanboyevna |
o‘qituvchi |
19 |
Neʼmatova Farida Kamol kizi |
o‘qituvchi |
20 |
Botirova Xurshida Egamberdiyevna |
o‘qituvchi stajyor |
21 |
Tursunova Nilufar Shodiqulovna |
o‘qituvchi stajyor |
22 |
Abdullayev Shaxzod Fazliddin o‘g‘li |
o‘qituvchi-stajyor |
23 |
Gataullina Maryam Timurovna |
o‘qituvchi-stajyor |
24 |
Xudoyberdiyeva Laylo Zoxidjon qizi |
o‘qituvchi-stajyor |
25 |
Sharobidinova Shaxlo Farxodovna |
o‘qituvchi-stajyor |
26 |
Mavlonova Rano Murtazayevna |
o‘qituvchi-stajyor |
27 |
Salixova Nasiba |
o‘qituvchi-stajyor |
28 |
Hasanova Dilnoza Shuhratovna |
o‘qituvchi-stajyor |
29 |
Muhammad Musawwir |
o‘qituvchi-stajyor |
30 |
Xodjabekova Durdona Marupbekovna |
Stajyor o‘qituvchi |
31 |
Yusupova Nilufar Azamatjon qizi |
Stajyor o‘qituvchi |
32 |
Togayeva Aziza Asror kizi |
Stajyor o‘qituvchi |
33 |
Yuldoshxonov Djavoxirbek Dilshodbek o‘g‘li |
Stajyor o‘qituvchi |
34 |
Normatov Husan Abdumajidovich |
Stajyor o‘qituvchi |
35 |
Ralph W. Schusler Jr. (15-noyabrda keladi) |
Stajyor o‘qituvchi |
36 |
Bayniyazova Hurliman |
Stajyor o‘qituvchi |
37 |
Mamanazarova Diyora |
Stajyor o‘qituvchi |
38 |
Boqijonova Sayyora |
Stajyor o‘qituvchi |
39 |
Maxtumquli Sobirov |
Stajyor o‘qituvchi |
Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasining hamkor tashkilotlari:
1. “Jahon adabiyoti” jurnali
2. O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi
3. O‘zbekiston mehmonxonasi
4. Uzbekistan Airways
5. Yozuvchilar uyushmasi
6.O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
7. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi
8. TIV huzuridagi tarjimonlar byurosi
Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi tomonidan o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar va ilmiy seminarlar:
Joriy yilning 4 sentyabr kuni Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dosenti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Begoyim Xolbekova, kafedra o‘qituvchisi Alisher To‘raev bilan birgalikda Guliston shahar, Halima Xudoyberdieva nomidagi Ijod maktabida bilimlar kunida o‘tkazilgan uchrashuvda bo‘lib, mahorat darslarini o‘tib qaytishdi
Bilimlar kuni O‘zbekiston madhiyasi bilan boshlandi. Undan so‘ng Ijod maktabi direktori Pokiza Ahmadjonova so‘z olib, tadbirni ochib berar ekan, o‘quvchilar va ularning ota onalarini yangi o‘quv yili bilan tabriklash uchun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dosenti, taniqli tarjimon Begoyim Xolbekovaga so‘z berdi. B. Xolbekova o‘quvchilar va ularning ota-onalarini tabriklab samimiy tilaklarini bildirib, o‘z so‘zida yurtimizni dunyodagi eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shishda yoshlarning o‘rni muhim ekanligini, yangi O‘zbekiston kelajagi uchun bilimli vafidoyi yoshlar kerakligini, ular jamiyatimizning barcha jabhalarida faol ishtirok etishlarini uqtirib o‘tdi. Shundan so‘ng badiiy qismga navbat berildi. So‘ngra birinchi qo‘ng‘iroq chalinib, mustaqilliq darslari boshlandi. Mustaqillik darslaridan so‘ng, Begoyim Xolbekova va Alisher To‘raevlar 10-11-sinf o‘quvchilariga ingliz tili va badiiy tarjimadan mahorat darslarini olib borishdi. Mahorat saboqlari o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Joriy yilning 13-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishgan edi.
Tashrifdan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 1-apreldagi PQ–147- son qarorining 5-qism “a” bandida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10-iyun 3/15-52-989-sonli xati ijrosini amalga oshirish hamda mazkur ijod maktabi bilan tuzilgan hamkorlikni yanada yaxshilash uchun olimpiada o‘tkazish bo‘ldi.
Olimpiada jarayonini tashkil qilishda Tarjimonlik fakulteti dekani U.R. Yo‘ldoshev, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri B.B. Odilov, mazkur kafedra professor-o‘qituvchilari D.U. Mirsagatova, N.N. Qurbonova, N.Sh. Sharipova, X.E. Batirova, F.K. Nematova, D.A.Sobirova va D. Xodjabekovalar qatnashdi.
16-sentabr kuni mazkur olimpiadaning natijalari aniqlandi. Shu bois, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Jalolov Furqat va To‘rayev Alisherlar Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi.
Mazkur ijod maktabi bilan tuzilgan hamkorlikni yanada yaxshilash hamda o‘tkazilgan olimpiada g‘oliblarini taqdirlash maqsadida borgan universitet jamoasi olimpiada sovrindorlarini tantanali tarzda taqdirlab, g‘oliblarga universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirdi.
Joriy yilning oktabr oyida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab, "Muallim olamning yorug‘ chirog‘i" deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Universitet rahbariyati valiklari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari jam bo‘lgan bayram tadbirini rektor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi hamda barcha murabbiylarga bayram tabrigini yo‘lladi. Shundan so‘ng, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy ustozlarga bayram sovg‘alari ulashildi. O‘qituvchi va murabbiylarga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professori Samigova Xushnuda Botirovna va kafedramiz dotsenti Xolbekova Begoyim Abdurahmanovna universitetimiz rektori tomonidan fahriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, san’atkorlar tomonidan bayram tabrigi yo‘llanib, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilning 12.02.2024 dagi 56-son buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi bilan birgalikda 2024-yilning 20-noyabr kuni “Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar II” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Konferensiyada qiyosiy tilshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqot, adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari, xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari va istiqbollari, tarjima didaktikasi, xorijiy tillarni nazariy va amaliy o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va xorijiy tillarni o‘qitish uslubiyatini takomillashtirish masalalari borasida fikr va tajribalar almashiladi. Anjumanda soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.
Konferensiya quyidagi sho‘balarda o‘tkazildi:
1-sho‘ba. Tarjimashunoslikning dolzarb muammolari: zamonaviy tendensiyalar va tadqiqotlar
2-sho‘ba. Tarjima didaktikasi masalalari
3-sho‘ba. Zamonaviy ta’limda pedagogika va chet tillarini o‘qitishning innovatsion metodlari
4-sho‘ba. Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik masalalari
5-sho‘ba. Jahon va o‘zbek adabiyotida tarjima muammolari va badiiy tarjima: tadqiqotlar, muammolar va yechimlar
Anjuman yalpi majlisi O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi .Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov tadbirni ochib berdi.
Shundan so‘ng, ishtirokchilarga Tarjimonlik fakultetining tarixi, yutuqlari hamda bugungi kundagi natijalarini aks ettirgan videolavha taqdim etilib, konferensiya mavzusi doirasida ma’ruzachilar fikri o‘rtaga tashlandi.
Diplomatiya universitetida tahsil berib kelayotgan Eron Islom Respublikasi professori Zaxra Zaratti, Tarjimonlik fakultetining Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Akhmad Al-Zubaydi, Yapon filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Noto Kuniyaki, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Schusler Ralph va boshqa ko‘plab universitet professorlari mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalarini taqdim etdi.
Anjuman bugun Xalqaro maydonda ketma-ket yutuqlarga erishib kelayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlari, soha mutaxassislari uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.
2024-yil 28-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti, Do‘stlik ordeni sohibasi Begoyim Xolbekova milliy adabiyotimizning eng sara namunalaridan Ingliz tiliga katta mahorat bilan tarjima qilib xorijiy davlatlarga targ‘ib etishdagi xizmatlari uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyishmasi raisi Sirojiddin Said tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi
22-yanvar sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbir Tarjimonlik fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Xabiyeva tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda Universitet psixologi Z.Xayrullayeva , O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsentlari N.Bobojonova, N, Toliboyeva, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti B.Xolbekova hamda fakultet tyutorlari ishtirok etishdi."Sevimli qizim" shiori ostida tashkil etilgan tadbirda qaynona-kelin munosabatlarining o‘ziga xos qirralari haqida ishtirok etgan mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiya va maslahatlar berildi. Shaxslararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari to‘g‘risida psixolog tomonidan qiziqarli ma’lumotlar talabalarga yetkazildi.
Joriy yilning 16-yanvar kuni Bangladesh Xalq Respublikasi elchixonasida ‘‘Xalqaro yoshlar kuni’’ munosabati bilan yoshlar ortasida kitobxonlikni targib qilish maqsadida yoshlar oʻrtasida sheriyat kechasi va tarjimalar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kafedramiz a’zolari Begoyim Xolbekova, Nilufar Qurbonova, Muhammad Musawwir, Xodjabekova Durdona va Normatov Husan ishtirok etdilar.
Joriy yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazir o'rinbosari Zulayho Badriddinovna Mahkamova tomonidan tashkil etilgan ‘‘Ma’rifatli ayol -jamiyat tayanchi’’ mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda kafedramiz dotsenti, Do‘stlik ordeni sohibasi Begoyim Xolbekova ishtirok etdilar.
Mamlakatimizda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning dasturiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun ham xotin-qizlarimiz farzand tarbiyasida, turli sohalarda, mahallalarda fidoyilik ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquqiy mavqeini yuksaltirish, oila institutini himoya qilishga qaratilgan ko‘plab qonunlar, Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi hamda ular amaliy jihatdan hayotga tatbiq etilmoqda.Tadbirda so‘z olganlar ana shu masalalarga alohida to‘xtalishdi. Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilar taqdirlandi.
Joriy yilning 7-fevral kuni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida “Badiiy tarjima: kecha, bugun, ertaga” nomli forum bo‘lib o‘tdi. Unda Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti Begoyim Xolbekova ishtirok etdiJoriy yilning 9-fevral kuni Jahon she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazratlarining 584 yilligi keng nishonlandi. Bu nufuzli tadbirda Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan Begoyim Holbekova, Ralph Schusler va Muhammad Musawwir ishtirok etdilar.
Tadbir OAV Dunyo bo‘ylab kanalida yoritib berildi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida ulugʻ mutafakkir shoir,8-fevral kuni davlat arbobi Mir Alisher Navoiyning betakror hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli tarjimon, Doʻstlik ordeni sohibi Begoyim Xolbekova hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira va jurnalist, Yashnobod tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Ozoda Bekmurodovalar ishtirok etdilar.
Ular yurtimizning turli hududlaridan kelib, malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilarga gʻazal mulkining sultoni ulugʻ Navoiyning eng sara gʻazallaridan oʻqib, gʻazallarning teran maʼnolarini sharhlab berdilar, shuningdek, gʻazallarning inglizcha tarjimalarini ham oʻrtoqlashdilar.
Tadbirda malaka oshirish kursi tinglovchilari Navoiy ijodi boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va ular ham Hazrat Navoiy ijodidan gʻazallar oʻqib berishdi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti dekani Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich va Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri Odilov Baxodir Baxtiyarovich 17.02.2025 yilda Bangladesh elchixonasiga borib Ushbu elchixonada amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda, Bangladesh davlati elchisi Dr. Mohammad Mansur Islam, Elchixona vakili Md. Nazmul Alam, Elchixona tarjimoni Iqboljonova Munavvarbonu Muxammadjon qizi va amaliyotchi talabalar ishtirok etishdi.
Bangladesh elchixonasi amaliyot o‘tayotgan talabalarning bilim va ko‘nikmalaridan mamnun ekanligini ta’kidlandi. Elchixona vakillari ularning professional yondashuvi, tarjima jarayonidagi aniqligi hamda ishga bo‘lgan mas’uliyatini yuqori baholadilar.
Ayniqsa, talabalar o‘z vazifalarini halollik va fidoyilik bilan bajarayotgani, madaniyatlararo muloqotda samarali ishtirok etayotganlari elchixona tomonidan e’tirof etildi. Elchixona vakillarining ta’kidlashicha, talabalar nafaqat tarjima va hujjat ishlari bilan shug‘ullanayotganliklari, balki rasmiy tadbirlarda ham faol ishtirok etib, elchixonaning kundalik faoliyatiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Ularning kommunikativ qobiliyatlari, tashabbuskorligi va muammolarni tezda hal qilish qobiliyati elchixonada katta e’tibor qozonganligi e’tirof etildi.
Shu munosabat bilan, elchixona rahbariyati ushbu amaliyot dasturining ahamiyatini alohida qayd etib, kelgusida ham talabalar bilan samarali hamkorlik qilish istagini bildirdi. Uchrashuv davomida Bangladesh elchisi bilan ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish, xususan, Bangladeshlik volontyor o‘qituvchilarni jalb etish masalasi muhokama qilindi. Ushbu tashabbus doirasida ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni kengaytirish, malakali kadrlarni tayyorlash hamda ta’lim sifatini oshirishga e’tibor qaratildi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashi 7-son yigʻilishining ikkinchi qismida, odatga koʻra, ilmiy daraja olganlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Bayjanova Oqila Iskandarovna – Tarjimonlik fakulteti, “Ingliz tili tarjima nazariyasi” kafedrasi oʻqituvchisi ham munosib taqdirlandi.
2025-yil 19-fevral kuni Yozuvchilar uyushmasida ‘‘Ovoz+’’ ijodkor ayollar kengashining ‘‘Tarjima va adabiy aloqalar’’ sho‘basi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi kelishildi, vazifalar belgilandi, takliflar o‘rganildi. Uyushma rahbariyatining ham yig‘ilish ishtirokchilari bilan qisqa suhbati tashkil etildi.
Shuningdek, B.A.Xolbekova hamda ikki nafar xorijlik prof-o‘qituvchi, D.Sh. Hasanova, N.A.Yusupova, A.A.Hamidov, Sh.F.Abdullayevlar muntazam ravishda “Omon-omon” , “Mavzu” kabi teleko‘rsatuvlarda faol qatnashib keladilar.
2025-yil fevral oyida Tarjimonlik fakulteti 3-kurs talabalari malakaviy amaliyotni o‘tadilar. Bir oy mobaynida Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari talabalar amaliyot o‘tash joyiga tashrif buyurib ularni nazorat qildilar. Bugungi kunda tarjimonlik sohasini rivojlantirish, malakali tarjimonlarni tayyorlash, turli sohadagi matnlarni sifatli tarjima qilish orqali o‘zbek tili nufuzini oshirish va O‘zbek xalqining betakror madaniyati va asarlarini xorijda tanitish dolzarb ahamiyat kasb etib, yurtimizda ustivor yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Shuningdek, tarjimonlik sohasida ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka ham katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
Trajimonlik fakulteti
Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi “Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar II” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanining
AXBOROT XATI
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi bilan birgalikda 2024-yilning 20 noyabr kuni “Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar II” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Konferensiyaga qiyosiy tilshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqot, adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari, xorijiy tillarni o‘qitishning tarjima didaktik masalalari, zamonaviy yondashuvlari va istiqbollari, O‘zbekistonda tarjima maktabi yaratish va uni rivojlantirishda innovatsion g‘oyalarni qo‘llash masalalari yo‘nalishlarida soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrant va iqtidorli talabalar taklif etildi.
Konferensiya quyidagi sho‘balarda o‘tkaziladi:
KONFERENSIYA SHO‘BALARI:
1-sho‘ba. Tarjimashunoslikning dolzarb muammolari: zamonaviy tendensiyalar va tadqiqotlar.
2-sho‘ba. Tarjima didaktikasi masalalari.
3-sho‘ba. Zamonaviy ta’limda pedogogika va chet tillarini o‘qitishning innovotsion metodlari.
4-sho‘ba. Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik masalalari.
5-sho‘ba. Jahon va o‘zbek adabiyotida tarjima muammolari va badiiy tarjima: tadqiqotlar, muammolar va yechimlar.
ANJUMANNING O‘TKAZILISH VAQTI: 2024-yil 20-noyabr
Tashkiliy qo‘mita manzili: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li, 21A-uy.
Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zDJTU rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich so‘zga chiqib, anjumanning muhimligi shundaki, tarjima nazariyasi va amaliyoti sohasidagi muammolarini muhokama qilish uchun bugungi tadbir qulay ilmiy platforma vazifasini o‘taydi deya ta’kidlab o‘tdi.
Konferensiya jarayonida zamonaviy tilshunoslik va tarjima san’atining dolzarb muammolari muhokama qilindi, ularning yechimlari, istiqbolda qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida fikrlashildi. Xususan, bunda tilshunoslikning dolzarb muammolari, zamonaviy lingvistik yo‘nalishlar, lingvistik tarjimashunoslik, badiiy tarjima muammolari, qiyosiy tipologiya va tillarni qiyosiy o‘rganishga oid ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Shu bilan birga, tarjimonlar tayyorlashning ilmiy-nazariy tomoni bevosita sohaga oid darslik, o‘quv qo‘llanmalari, zamon ruhiga mos, bugungi kun talabiga javob beradigan tarjima nazariyasiga doir darslik va turli lug‘atlarni yaratish sohasida hamkorlikni rivojlantirish, tarjimani o‘qitishga oid materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, mazkur sohada kadrlar tayyorlash kabi o‘ta dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
Ushbu konferensiyaga 200 dan ziyod ilmiy maqolalar yuborildi va ular konferensiya materiallari elektron ilmiy to‘plam ko‘rinishida ISBN raqami bilan chop etildi. Bunda, to‘plam Research Gate xalqaro tizimiga joylashtirilib ilmiy maqolalar Google Scholar xalqaro bazasida indeksasiyalandi.
Ushbu to‘plam tarjimonlik sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan professor – o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy natijalarini bayon etish, bilim va tajribalarini oshirish, xalqaro va mahalliy olimlar o‘rtasida o‘zaro muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Konferensiyaning rasmiy tillari: O‘zbek, rus, ingliz tillari.
Konferensiyaning materiallari elektron to‘plam holida chop etildi.