“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida ekologik tadbir o‘tkazildi

30-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Eko klub” a’zolari tomonidan Guzar mahallasi hamda universitet hududida navbatdagi ekologik tadbir tashkil etildi.

Tadbir “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida o‘tkazilib, ko‘chalar ortiqcha chiqindilardan tozalandi, daraxt va ko‘chatlar sug‘orildi.

Shuningdek, aholiga va yoshlarga atrof-muhit tozaligiga e’tibor qaratish, chiqindilarni ko‘chalarga tashlamaslik hamda yashil muhitni asrash zarurligi borasida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Ma’lumot uchun: 2025-yilning sentabr oyidan boshlab universitet joylashgan hududlarda ushbu shior ostida doimiy ravishda ekologik tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Mazkur jarayonlarda mahalla yoshlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va mahalla faollari faol ishtirok etib, hududlarni yanada obod va toza qilishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

      

    

7-noyabr kuni OʻzDJTUda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Shaxriyor Shavkatov, Guljahon Mardonova va Fozil Jabborov ishtirokida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Daastur doirasida “Doʻstlik” bogʻida mehmonlar va OʻzDJTU rahbariyati vakillari tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ekish marosimi oʻtkazildi.

    

    

O‘zDJTUda zamonaviy ekologik siyosatga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

30-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Zamonaviy ekologik siyosat: milliy tajribadan global yechimgacha” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbir “Siyosiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda ekologiya sohasidagi dolzarb muammolar, innovatsion yondashuvlar va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Anjumanni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov ochib berar ekan, O‘zbekiston Respublikasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, “O‘zbekiston–2030” strategiyasining ekologik yo‘nalishlari, xususan, issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish, yashil energetikani rivojlantirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish kabi ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtaldi.

Anjumanda ekologiya va siyosat sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis va olimlar ishtirok etdi. Jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori E’tibor Sultonova, siyosiy fanlar doktori Farhod Tolipov, SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti Suriya Turayeva, Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi vakili Abdirashit Mirzambetov hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Siyosiy fanlar” kafedrasi ilmiy tadqiqotchisi Shaxina Jo‘rayeva tomonidan dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, anjumanda Kanadaning York universiteti professori Nivedita Das Kundu, Latviyaning RISEBA universiteti professori Muhammad Ramzan Ali, Qozog‘iston Respublikasi vakili Erkin Baydarov, Hindistondan Beena Kirad va Anoop Kadavath, Qirg‘izistonning Osh davlat universiteti vakili Saikal Ibraimova kabi xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi.

Anjumanda “Ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik: muammo va yechimlar”, “Ekologik siyosat va iqtisodiy aloqalar”, “Ijtimoiy ahamiyat va ekologik savodxonlik”, “Zamonaviy ekologik siyosatning huquqiy asoslari” kabi to‘rtta sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Unda milliy va xorijiy olimlar, soha mutaxassislari, vazirlik va idoralar vakillari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturi, “O‘zbekiston–2030” strategiyasi, joriy yilning 4–5 aprel kunlari Samarqandda o‘tkazilgan iqlim forumi, COP28 hamda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar tahlil qilindi.

Anjuman davomida ekologik xavf-xatarlarni bartaraf etish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va innovatsion yechimlar ishlab chiqish borasida taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

    

     

22.11.2025 sanasida, Uchtepa tumani Guzar mahallasida, “Eko Club” jamoasi tomonidan ekologiya va tozalikni targ‘ib etishga qaratilgan navbatdagi tashrif amalga oshirildi. 

Tashrif doirasida jamoa a’zolari mahalla hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini olib bordilar.

Tadbir davomida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan suhbatlar o‘tkazildi. 
“Eko Club” volontyorlari aholiga tabiatni asrash, chiqindilarni to‘g‘ri saralash va hududni toza saqlashning ahamiyati haqida qisqa ma’lumotlar berib, ularni ekologik loyihalarda faol ishtirok etishga chaqirdilar.

Ushbu tashrif Uchtepa tumani Guzar mahallasida nafaqat tozalik ishlariga hissa qo‘shdi, balki yoshlar va mahalla aholisiga ijobiy ruh, yuqori kayfiyat va ekologik mas’uliyat tuyg‘usini ulashdi. 
Jamoaning tashabbuskorligi ko‘plab fuqarolarga o‘rnak bo‘lib, kelgusida yanada ko‘proq yoshlarni ekologik harakatlarga jalb qilishga turtki bo‘ladi.

“Eko Club” jamoasiga faoliyati, tashabbusi va ekologiya yo‘lidagi  mehnatlari uchun mahalla aholisi tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

 

Uchtepa tumani Guzar mahallasida, “Eko Club” jamoasi tomonidan ekologiya va tozalikni targ‘ib etishga qaratilgan navbatdagi tashrif amalga oshirildi.

\Dastlab, atrof hududdagi chiqindilar yig‘ishtirildi, so‘ng yo‘laklar supurilib, tozalab chiqildi hamda aholi orasida ekologik targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
 
Tashrif doirasida jamoa a’zolari mahalla hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini olib bordilar.

Tadbir davomida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan suhbatlar o‘tkazildi. 
“Eko Club” volontyorlari aholiga tabiatni asrash, chiqindilarni to‘g‘ri saralash va hududni toza saqlashning ahamiyati haqida qisqa ma’lumotlar berib, ularni ekologik loyihalarda faol ishtirok etishga chaqirdilar.

“Eko Club” jamoasiga faoliyati, tashabbusi va ekologiya yo‘lidagi j mehnatlari uchun mahalla aholisi tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

 

Uchtepa tumani Guzar mahallasida, “Eko Club” jamoasi tomonidan ekologiya va tozalikni targ‘ib etishga qaratilgan navbatdagi tashrif amalga oshirildi.

\Dastlab, atrof hududdagi chiqindilar yig‘ishtirildi, so‘ng yo‘laklar supurilib, tozalab chiqildi hamda aholi orasida ekologik targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
 
Tashrif doirasida jamoa a’zolari mahalla hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini olib bordilar.

Tadbir davomida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan suhbatlar o‘tkazildi. 
“Eko Club” volontyorlari aholiga tabiatni asrash, chiqindilarni to‘g‘ri saralash va hududni toza saqlashning ahamiyati haqida qisqa ma’lumotlar berib, ularni ekologik loyihalarda faol ishtirok etishga chaqirdilar.

“Eko Club” jamoasiga faoliyati, tashabbusi va ekologiya yo‘lidagi j mehnatlari uchun mahalla aholisi tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

 

“Eko-Ijod Trendi: Talabalar Paketni pufikka Aylantirdi!”

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar dizayn, kreativ yondashuv va qo‘l mehnati orqali oddiy materiallardan qanday qilib zamonaviy va estetik mahsulot yaratish mumkinligini amalda sinab ko‘rishdi.

Eng yoqimli lahza? To‘garak a’zolari yasagan pufiklar Speaking Club loyihasiga sovg‘a qilindi! Endi klub darslari nafaqat samarali, balki “waaw” darajada qulay va ijodiy muhitda o‘tadi. To‘garakning asosiy maqsadi — talabalar didini o‘stirish, kreativ fikrlashni kuchaytirish va ekologik yetuk yondashuvni targ‘ib qilish. Salafan paketlar qayta ishlanib, chiroyli pu’fiklarga aylandi — ekologiya + ijod = mukammal tandеm!

 

 ECO QUEST — atrof-muhit uchun bilim va tafakkur sinovi! 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tashabbusi bilan “Eko-haftalik” doirasida “Eco Quest” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan turli qiziqarli topshiriqlarni bajardilar, ekologiya va atrof-muhitga oid savollarga javob berib, o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tadbir davomida yoshlar tabiatni asrash, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish g‘oyalarini yanada chuqurroq anglab oldilar.

 Tanlov natijalariga ko‘ra:
 1-o‘rin — Green Minds
 2-o‘rin — Greenlovers
3-o‘rin — GreenLife
jamoalari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

“Eco Quest” — bu nafaqat musobaqa, balki tabiatga mehr, ekologik tafakkur va jamoaviy ruhni uyg‘otuvchi haqiqiy maydon bo‘ldi.

Eko-haftalik yakunida faol ishtirok etgan talabalar faxriy Sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashabbusi bilan “Guzar” mahallasida yoshlar va aholi ishtirokida eko aksiya tashkil etildi. Aksiya orqali talabalarning ekologik ongini oshirish, ularni atrof-muhitni asrashga faol jalb qilish, shuningdek, bolalar bilan amaliy hamkorlik kuchaytirildi.
 
 Rasm chizish mashg‘ulotlari – mahalla bolalari tabiat manzaralarini tasvirlab, ijodiy yondashuvlarini namoyish etdilar
 Gerbariy tayyorlash – talabalar bolalar bilan birgalikda barg va gullardan san’at asarlari yaratdi
 Chiqindilardan tozalash – plastik chiqindilar yig‘ilib, ekologik tashabbus bilan hudud musaffoligi ta’minlandi
”Ter va ulash” aksiyasi – pishgan mevalar isrofgarchiliksiz terilib, muhtojlarga ulashildi
 Ekoseminarlar & milliy o‘yinlar – bolalarga sog‘lom turmush tarzi, ekologiya va milliy qadriyatlar tushuntirildi
 
 Bu kabi tadbirlar yoshlar ongida tabiatni asrash, jamoaviylik va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim qadamdir.
 
 
 
User Image
22 may - "Xalqaro bioxilma-xillik (yer florasi va faunasi) ni asrash kuni"
User Image
“Oilalarda yashil iste’mol madaniyati va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish”
User Image
“Biz ekologiyaga befarq emasmiz” mavzusida “EKO-ZAKOVAT” intellektual o‘yini
User Image
Qushlar kuni munosabati bilan seminar-trening
User Image
"Jahon asalarilar kuni"
FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube