O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiada tanlovining Respublika bosqichi bo‘yicha yig‘ilishining
___ - sonli

 

BAYONNOMASI

Raislik qiluvchi: 

M.Boltabayev – Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori

I.M.Tuxtasinov- O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti rektori

Qatnashdilar:

Vazirlik mas’ul xodimlari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektor, prorektorlar.

(ro‘yxat bo‘yicha).

 

 

KUN TARTIBI:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiada tanlovining Respublika bosqichi bosqichi yakunlari

 

Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirining 2024-yil 15-iyuldagi 247-son “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil
19-sentabrdagi 373- son “Universitetda Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasining Respublika bosqichini tashkil etish to‘g‘risida” buyruqlari asosida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-yil
26-27-sentabr kunlari fan olimpiadasining Respublika bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur masala yuzasidan Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich so‘zga chiqib quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi. Jumladan:  mamlakatimizda ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, hurmatli Prezidentimizning sohaga doir ko‘plab farmon va qarorlari qabul qilinganligini mamnuniyat bilan qayd etishimiz joiz. Sababi zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ko‘zlanayotgan marralarni zabt etish, islohotlarni samarali amalga oshirish esa har jihatdan malakali kadrlarga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarori hamda joriy yilning 27-iyun kuni qabul qilingan “Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 239-sonli qarori ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yangi O‘zbekiston uchun  katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni zamon talablariga mos yetuk mutaxassis etib tayyorlash asosiy vazifamiz ekani alohida ta’kidlaymiz. Yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarini jahonning nufuzli universitetlari qatoriga qo‘shish, ular bilan raqobatlasha oladigan darajaga yetkazish davlat siyosatidagi asosiy mezonlardan hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich ta’kidlaganlaridek, “Ta’lim Yangi O‘zbekiston uchun katta investitsiya”. Shunday ekan, kreativ va tanqidiy fikrlash, yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan mutaxassislarni yetishtirish, barcha sohalarda dunyo miqyosida raqobatlasha oladigan yetuk kadrlar tayyorlash zimmamizdagi mas’uliyatli va ulug‘ vazifa. Ana shu maqsadlarni ko‘zlagan holda yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat, jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga daxldorlik, yurtga muhabbat tuyg‘ularini singdirish zarur.

Bugungi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilayogan xorijiy tillar fan olimpiadasi talabalarning til bilish darajasi bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirish, tarjimonlik mahorati, tanqidiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, fanga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, o‘z tengdoshlari bilan tajriba almashtirish, xalqaro fan olimpiadalarida mamlakatimiz sharafini himoya qilish uchun Respublika terma jamoasiga nomzodlar tarkibini shakllantirish, yoshlarimizning intellektual salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish, yoshlar o‘rtasida bilimlarning keng tarqalishi va ommalashishiga erishishni qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga qaratilgan.

Mazkur olimpiadada 9 ta xorijiy til bo‘yicha 31 ta oliy ta’lim muassasalaridan 93 nafar talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimlari, qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlami har tomonlama qo‘llab-quwatlash, ularni munosib taqdirlash hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 247-sonli “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosan joriy yilning 26-27-sentabr kunlari o‘tkazilganligi;

-Ishchi organ etib belgilangan vazirlik huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi mazkur masala yuzasidan belgilangan topshiriqlarni to‘laqonli sifatli bajarganligini;

- markaz tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetlari bilan uzviy hamkorlik o‘rnatilib, olimpiada yuksak saviyada o‘tkazilganligini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti rektori I.M.Tuxtasinov so‘zga chiqdi:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan xorijiy (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) tillar fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 247-sonli buyrug‘iga asosan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, arab, xitoy, koreys, yapon) fan olimpiada tanlovining Respublika bosqichi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilishi bizga sharaf bag‘ishlash bilan birgalikda ulkan mas’uliyat yuklaydi. Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama ma’nan yetuk, bilimli hamda jismonan sog‘lom bo‘lib kamol topishlarida bir qator shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.

Shu bilan birga, ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘qitish va shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislar tayyorlashni tubdan takomillashtirishga oid farmonlar, qarorlar va chora-tadbirlar ishlab chiqilib, samarali harakatlar olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, chet tilini bolalikda o‘rgatish tegishli metodlar va yondashuvlar bilan olib borilsa, muvaffaqiyatli natijalarga erishiladi. Bu borada ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda chet tillarni o‘qitishning ilg‘or uslublarining joriy etilishi natijasida yoshlarimiz ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar. Darhaqiqat, xorijiy tillarni mukammal bilish insonga yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Yaxshi ish topish uchun ham kamida bitta chet tilini bilish talab etiladi.

Aynan bugungi globallashuv davrida insoniyatning zamon bilan hamnafas odimlashi talab etiladi. Shu boisdan, turli soha mutaxassislari o‘z ona tilini mukammal o‘rganishi bilan bir qatorda, bir nechta xorijiy tillarni bilishi va muloqot qila olishi maqsadga muvofiq. Buning uchun xorijiy tillarni o‘rganish va o‘qitish tizimini yanada zamonaviy metodlar bilan takomillashtirish hamda chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani oshirish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, ilmli va ma’rifatli yoshlarni kamol toptirish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, xorijiy tillarga o‘qitishni yanada ommalashtirish maqsadida bir qator sa’y-harakatlar amalga oshirilib kelinayotganligini misol keltirishimiz mumkin. Demak, yangiliklar ko‘p, maqsadlarimiz katta, marralar ulkan, barchasiga bosqichma-bosqich erishiladi, albatta. Asosiysi, siz aziz yoshlar yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan foydalangan holda ilm va ma’rifat tomon intilishingiz, davlat va jamiyat uchun foydali kadr bo‘lib yetishish uchun tinmay mehnat qilishingiz sizni ana shu maqsadlaringiz sari yetaklashini unutmasligingiz kerak.

Mamlakatamiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimlari, qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, maqsadida o‘tkazilayotgan xorijiy tillar fan olimpiadasi siz uchun yana bir imkoniyat. Bugungi olimpiadada o‘zingizning til, adabiyot, mamlakatshunoslik, tarjimonlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalaringiz va ijodiy qobiliyatlaringizni hamda mantiqiy, tanqidiy va tahliliy fikrlash va fanga bo‘lgan qiziqishlaringizni sinovdan o‘tkazasiz.

2024-yil 26-sentabr kuni Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiada tanlovining Respublika bosqichining 1-shart mamlakatshunoslik, adabiyot, grammatik va leksik materiallar asosida TEST, 2-shart badiiy filmdan parcha ko‘rish va mazmunini YOZMA bayon etish va 3-shart o‘zbek yoki rus tilidagi matnni chet tiliga TARJIMA qilish bosqichlari o‘tkazildi.

2024-yil 27-sentabr kuni Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiada tanlovining Respublika bosqichining 4-shart tili o‘rganilayotgan mamlakatning davlat tizimi, iqtisodiyoti va san’ati buyuk siymolari toshlar hayoti va shu kabilar haqida SUHBAT boshqichi o‘tkazildi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiada tanlovining Respublika bosqichi yuqori saviyada, shaffof va adolatli o‘tkazilib, g‘olib ishtirokchilar aniqlandi.

Olimpiada yopilish marosimida Tashkiliy qo‘mita, hakamlar hay’ati, g‘olib ishtirokchilar, ilmiy rahbarlar hamda mehmonlar uchun taqdirlash marosimi va badiiy tadbir tashkillashtirilib, diplom, sertifikat, mukofotlar va esdalik sovg‘alar komplekti berildi.

        Universitet rektori I.M.Tuxtasinov so‘zga chiqib, tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishda yaqindan yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildirib, tashkiliy ishlarda faol qatnashgan barcha mas’ullarni rag‘batlantirish hamda keyingi olimpiada jarayonlarini 2025-yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazishni taklif qildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, olimpiada tanlovining respublika bosqichi va unga bog‘liq tadbirlarning o‘tkazilishi yuzasidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar fan olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita

 

QAROR QILADI:

1. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) tillar fan olimpiadasi yuqori saviyada o‘tkazilgan deb hisoblansin.

2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan respublika olimpiadasi yakunlari bo‘yicha hisobot kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Muvofiqlashtiruvchi guruhga:

- har yili oʻtkaziladigan Respublika fan olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlari davomida vazirlikning ma’sul xodimlari, tegishli oliy ta’lim muassasalari va yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini koʻrish tavsiya qilinsin.

4. Oliy ta’lim muassasalari rektor (direktor)lari hamda olimpiada tanlovining respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 25 nafar g‘olib ishtirokchilarning ro‘yxati tasdiqlansin hamda ularni rag‘batlantirilganligi e’tirof etilsin:

Ingliz tilidan:

1-o‘rin Baxodirov Oyatullo Baxtiyorjon o‘g‘li - Andijon davlat chet tillari instituti

2-o‘rin Xoldarov Mashxurbek Xusniddin o‘g‘li - Namangan davlat chet tillari instituti

3-o‘rin Abdushukurova Umida Xasan qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

Nemis tilidan:

1-o‘rin Abduraxmonova Diana Aleksandrovna - Urganch davlat universiteti

2-o‘rin Badalov Feruz Nuriddinovich - Buxoro davlat universiteti

3-o‘rin Peysenova Gulnur Usenbek qizi - O‘zbekiston Davlat jahon tillari unversiteti

Fransuz tilidan:

1-o‘rin Pirnazarova Sevara Doniyor qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

2-o‘rin Narzulloyeva Dilfuza Bahriddin qizi - Buxoro davlat universiteti

3-o‘rin Hayitboyeva Dilnoza Ne’mat qizi- O‘zbekiston Milliy universiteti

 

Italyan tilidan:

1-o‘rin Odilxo‘jayeva Muhayyo Rustam qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

2-o‘rin Karimov Shoʻhrat Inomitdinovich -Samarqand davlat chet tillar instituti

Ispan tilidan:

1-o‘rin Karimova Amaliya Baxromovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

2-o‘rin Ergashev Azizbek Alisher o‘g‘li Samarqand davlat chet tillar instituti

Koreys tilidan:

1-o‘rin G‘ofurova Sabohat Jasur qizi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

2-o‘rin Rustamova Durdona Xakimbek qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

3-o‘rin Tohirov Nurmuhammad Hasan o‘g‘li - Andijon davlat chet tillari instituti

Xitoy tilidan:

1-o‘rin Karimova Nilufar Shavkat qizi - Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

2-o‘rin Axmadjonov Fayzillo Abdumutalib o‘g‘li - Andijon davlat chet tillari instituti

3-o‘rin Absalomova Sayyora Karim Qizi - Samarqand davlat chet tillar instituti

Yapon tilidan:

1-o‘rin Nasimova Moxirabonu Sirojiddin qizi - Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

2-o‘rin Mavlanov Temurbek Xabibulla o‘g‘li - Samarqand davlat chet tillar instituti

3-o‘rin Qo‘ziboyeva Komilaxon Shuxratjon qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Arab tilidan:

1-o‘rin Shaymardanova Sabina Abdullayevna - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

2-o‘rin G‘oziyeva Rayxona Akramjonovna - Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

3-o‘rin Xojimirzayeva Dilnoza Muzaffar qizi - Namangan davlat chet tillari instituti.

           5. Olimpiada g‘oliblarini magistraturaga davlat granti asosida qabul qilish yuzasidan taklif kiritsin;

6. Olimpiada ishtirokchilari uchun sertifikatlar, g‘oliblar va sovrindorlar uchun diplomlar, Tashkiliy qo‘mita, Hakamlar hay’ati, ilmiy rahbarlari hamda olimpiada jarayonida faol qatnashgan barcha ishtirokchilarga tashakkurnomalar tayyorlanib, taqdirlanganligi inobatga olinsin.

7. Olimpiadaning tantanali ochilish va yopilish marosimlarini o‘tkazish uchun ssenariy va dasturlarini tayyorlanganligi, marosimlarini yuqori saviyada tashkil etilganligi, Universitet anjumanlar zalini tayyorlanganligi hamda o‘tkazilganligi inobatga olinsin.

           8. Olimpiadani tashkil etish, o‘tkazish, bilan bog‘liq barcha xarajatlar (olimpiada jarayonida Tashkiliy qo‘mita, Hakamlar hay’ati, barcha ishtirokchilar va ulaming ilmiy rahbarlarining ovqatlanishi va turar joyi, g‘oliblarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanganligi inobatga olinsin.

9. Olimpiada jarayonidagi ishtirokchilarning natijalari bo‘yicha apellatsiya ishlari Apellatsiya Komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi hamda qanoatlantirildi.

10. Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashgan Tashkiliy qo‘mita va Hakamlar hay’ati a’zolari, muvofiqlashtirish organi, dekan muovinlari  hamda Olimpiada g‘oliblarining ilmiy rahbarlari o‘zlari faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirilsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan holda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasi 2025-yilda o‘tkazilishi inobatga olinsin.

12. Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar fan olimpiadasini xorijiy tilga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilsin.

 

Tashkiliy qo‘mita rais o‘rinbosari                                I.M.Tuxtasinov

User Image
Olympic transfer order
User Image
Olympiad Protocol
User Image
Respublika xorijiy tillar fan olimpiadasi
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube