Rus filologiyasi fakulteti
Fakultet tarixi: 1992-yilda Toshkent chet tillar pedagogika instituti va Respublika rus tili va adabiyoti instituti birlashgandan so‘ng O‘zDJTU tashkil etildi, uning tarkibida rus filologiyasi fakulteti faoliyat ko‘rsata boshladi.
Fakultet tashkil topgandan buyon oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim tizimi hamda jamiyatning boshqa sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim o‘rin tutib kelmoqda.
Fakultet rus filologiyasi sohasida mutaxassislar tayyorlash an’analarini davom ettirmoqda, ko‘p yillik tajribani zamonaviy o‘qitish usullari va ilmiy tadqiqotlar bilan uyg‘unlashtirmoqda.
Dekan
Azizxon Bositxonovich Raxmonov
Pedagogika fanlari doktori, professor
Qabul vaqtlari:
Dushanba – Juma: 15:00 – 17:00
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
Xusan Isakjonovich Ahmedov
Qabul vaqtlari:
Dushanba – Juma: 15:00 – 17:00
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini
Abror Nematovich Dadaxonov
Qabul vaqtlari:
Dushanba – Juma: 15:00 – 17:00
Kechki ta’lim shakliga mas’ul dekan muovini
Muhammadjon Shavkatovich Abduraxmonov
Qabul vaqtlari:
Dushanba – Juma: 16:00 – 21:00
Fakultetda “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)”, “Ozga tilli guruhlarda (rus tili)”, “Ona tili va adabiyoti (rus tili)”, “Lingvistika”, “Adabiyotshunoslik”, “Ona tili va adabiyoti” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi.
Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida fakultetda 2023—2024-yillar davomida xalqaro oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Ushbu oliy oʻquv yurtlari orasida Oʻsh davlat universiteti (Qirgʻiz Respublikasi), Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti (Qozogʻiston Respublikasi), M.V. Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) federal universiteti (Rossiya Federatsiyasi), Belarus davlat universiteti (Belarus Respublikasi) hamda M.A. Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti (Qozogʻiston Respublikasi) bor.
2024-yil mart oyida OʻzDJTU va SPbDU oʻrtasida rus tili chet tili sifatida davlat testini oʻtkazish boʻyicha shartnoma imzolandi. Shartnomaga muvofiq, rus tili va oʻqitish metodikasi kafedrasi bazasida TRKI til bilish sertifikatini olish uchun test sinovlari oʻtkazilmoqda.
Har yilnin 27 sentabr sanasida fakultet tomonidan Toshkentda xalqaro aloqalarni mustahkamlash va rus tiliga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida Vinogradov o‘qishlari “Виноградовские чтения” xalqaro konferensiyasi o‘tkazib boriladi.
Fakultetning yosh professor o‘qituvchi va talabalari Rossiyadagi “Russkiy mir” jamg‘armasi navbatdagi “Rus dunyosi” assambleyasini doimiy azolari hisoblanadi.
Rus filologiyasi fakulteti tarkibidagi kafedralar:
Rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi kafedrasi;
2. Rus tili va o‘qitish metodikasi kafedrasi;
3. Hozirgi zamon rus tili kafedrasi.
Fakultetda “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)”, “Ozga tilli guruhlarda (rus tili)”, “Ona tili va adabiyoti (rus tili)” bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar.
Rus tili va o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan: Hozirgi rus tili (chet tili sifatida); Rus tilidan praktikum; Rus orfografiyasi va punktuatsiyasi bo‘yicha praktikum; Mutaxassislikka kirish; Rus tili va nutq madaniyati; Sotsiolingvistika; Tilshunoslik; Mamlakatshunoslik; Rus tili stilistikasi va badiiy matnning lingvistik tahlili; Rus tili o‘qitish metodikasi; Rus tili stilistikasi; Orfografiya va punktuatsiya; Xalqaro baholash tadqiqotlari (PISA)
Rus adabiyoti va o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan:Adabiyot nazariyasi; Adabiyotshunoslikka kirish; Rus adabiyoti tarixi (XI-XX asrlar); Xorijiy adabiyot tarixi (antika davridan hozirgi kungacha); O'zbek adabiyoti jahon kontekstida; Folkloristika; Zamonaviy adabiy jarayon; Ritorika; Rus adabiyotining propedevtik kursi
Hozirgi zamon rus tili kafedrasi tomonida: Rus tili tarixi, Slavistika, Rus tili tarixiy grammatikasi, Rus adabiy tili tarixi, Hozirgi slavyan tillari, Qiyosiy-chog’ishtirma tilshunoslik, Rus tilining amaliy uslubiyati, Rus va ona tili chog’ishtirma grammatikasi, Ilmiy tadqiqot metodologiyasi.