Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi
Bo'lim vazifalari:
- Universitetda Fuqaro va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha amaliy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan uslubiy va tashviqot ishlarini o‘tkazish maqsadida Fuqaro va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi tuzilgan.
- Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi Universitet miqyosida sog‘lom va xavfsiz o‘quv jarayonlarini va ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha rahbariyatga takliflar beradi. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha rahbarlik qiladi hamda Fuqaro va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoida va me’yorlarning bajarilishini nazorat qiladi va boshqaradi.
- Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi Universitet mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha tashkilot, boshqaruv, rejalashtirish va muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi.
- «Fuqaro va mehnat muhofazasi» bo‘limi Universitetda mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini yaratish, Fuqaro va mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘quv-uslubiy bo‘lim bilan birgalikda o‘tkazishni nazorat qiladi. Texnik bo‘limlardagi va o‘quv jarayonlari bilan bog‘liq shikastlanish, kasbiy kasalliklarning oldini olishga qaratilgan fan va texnikaning yangi yutuqlarini, ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda Fuqaro va mehnat muhofazasi ta’lim dasturini joriy etadi, o‘qitish jarayonida uslubiy va texnik vositalarini qo‘llaydi.
- Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi amaldagi mehnatni muhofaza qilish qonun asosida, mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha qoida va me’yoriy hujjatlarni Universitet miqyosida to‘g‘ri qo‘llanishida ishtirok etadi.
- Universitetning Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qarorlari, buyruqlari va ko‘rsatmalari asosida Universitetda mehnatni muhofaza qilishga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va Universitet kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
- Universitetning Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi amaldagi qonunlarni bajara borib ular asosida mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha buyruq va yo‘riqnomalar ishlab chiqadi, fakultet va bo‘limlari uchun bajarilishi shart bo‘lgan ishlar bilan amaliy yordam ko‘rsatib, ularning ijrosini nazorat qiladi.
- Universitetning Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi ma’muriyat va kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda talabalar yoshlarini hamda professor-o‘qituvchilarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muhofaza etish borasida Universitet miqyosida rivojlanish masalalarini aniq hisobga olib, har yili asosiy yo‘nalishlar bitimi va jamoa shartnomalarini tuzishda qatnashadi.
- Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoa shartnomalari va bitimlariga kiritilgan talablarni bevosita Universitet miqyosida bajarilishini nazorat qiladi.
- Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi Universitetda mehnatning tibbiy texnikaviy sharoitlarini pasportlashtirishni o‘z vaqtida o‘tkazish uchun zarur choralarni ko‘radi va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha amaldagi qoida hamda me’yorlarga muvofiq o‘tkazilishini nazorat qilib boradi.
- Universitetning Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi namunaviy tizim me’yorlariga asoslanib ishchi va xizmatchilarga bepul maxsus ust-bosh oyoq kiyim va boshqa shaxsiy muhofaza vositasi berilishi tartibini ishlab chiqadi, bu me’yorlarga Toshkent shahar Mehnat va aholini muhofaza qilish boshqarmasi hamda kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi.
- Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi va ishchi xodimlarni mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi bilim saviyasini tekshirish va tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. Markaziy malakaviy komissiya tarkibini rektor tasdiqlaydi.
- Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi mehnatni muhofaza qilish sohasida ishchi va muhandis – texnik xodimlar malakasini oshirishning tashkilotchilik va uslubiy tizimiga rahbarlikni amalga oshiradi.
- Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi Universitet miqyosida baxtsizlik hodisalarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida tekshirilishi hamda hisobi nazoratini amalga oshiradi.