Inson resurslarini boshqarish bo‘limi vazifalari

Inson resurslarini boshqarish bo‘limi mehnat qonunchiligi, universitetining Ustavi, Jamoa shartnomasi, Ichki tartib qoidalari, Odob-axloq qoidalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi siyosati to‘g‘risida Nizomi, Lavozim yoʻriqnomasi, universitet Kengashi qarorlari, universitet rektorining buyruqlariga asosan faoliyat yuritadi.

Inson resurslarini boshqarish bo‘limining vazifalari quyidagilardan iborat:

Ishga olingan har bir xodim va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, xodimlarning mehnat faoliyatiga oid buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

lavozimlarni egallash tizimini ishlab chiqish, xodimlarni tanlab olishda, joy-joyiga qo‘yishda, ularning kasbiy o‘sishini rejalashtirishda ularning ishchanlik va kasbiy fazilatlarini o‘rganishning zamonaviy usullarini qo‘llash;

barcha boshqaruv darajalarida kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda uni yakka tartibli rejalar bo‘yicha maqsadli tayyorlash, kadrlar zaxirasini vaqti-vaqti bilan baholash va ularning rahbarlik lavozimlarini egallashga tayyorligi darajasi haqida xulosa tayyorlash, kadrlarning stajirovkadan o‘tkazish va rotatsiyasi, ularni maxsus kurslarda o‘qitish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish; attestatsiya natijalarini tahlil qilish va attestatsiya komissiyasi qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish; attestatsiyadan o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;

moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning amaldagi shakllari samaradorligini tahlil qilish, ularning xodimlarning mehnatdagi va ijtimoiy faolligini oshirishga ta’sirini kuchaytirish bo‘yicha takliflar kiritish;

xodimlarni kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish, malaka oshirishni tashkil qilish;

universitetning shtatlar jadvalini tayyorlashda  va rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritishda ishtirok etish, qabul qilingan buyruqlarga muvofiq ularni tuzatish va o‘zgartirishlar kiritish;

Zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kadrlarni saralab olish va joy-joyiga qo‘yishning maksimal darajada shaffof va adolatli tartibini joriy etish;

tabel hisobini yuritishni, xodimlarning miqdor va sifat tarkibi, ularni rivojlantirish va harakati, ta’tillar jadvalini tuzish va bajarish haqida jamg‘ariladigan ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritishni tashkil qilish;

qonunchilikda nazarda tugilgan kadrlar bo‘yicha hisobotlar va axborotni mehnat organlari, statistika va boshqa davlat organlari uchun tayyorlash;

xodimlarning shaxsiy yig‘majildlari va boshqa hisob materiallarini shakllantirish va yuritish, ular arxivga topshirilguncha ularga xodimlarning mehnat faoliyati bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish;

mehnat daftarchalarini yuritish, hisobini olib borish va saqlash, mehnat stajining hisobini olib borish. Qo‘mita tizimi bo‘yicha barcha xodimlarning ma’lumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni tashkil etish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2019-yildagi PQ 4502-son qarori);

kadrlarga oid hujjatlarni shakllantirish va saqlash, hujjatlarni arxivlash va ularni Bo‘lim bo‘yicha yig‘majildlar nomenklaturasiga muvofiq belgilangan tartibda arxivga topshirishning belgilangan tartibiga rioya qilish;

universitet xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;

universitetda mehnat intizomi holatini hamda xodimlarning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishni tashkil qilish;

Mehnat intizomini mustahkamlash, kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish, ish vaqtini yo‘qotish, ularning bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;

davlat mukofotlari, fahriy yorliqlar bilan takdirlash, faxrli unvonlar berish va xodimlarni rag‘batlantirishning boshqa turlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar va materiallar tayyorlash va belgilangan tartibda universitet rahbariyatiga kiritish;

Kasaba uyushmasi bilan birgalikda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va mehnat muhofazasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Bo‘lim qonun hujjatlariga, universitet rektori, Kengash qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

User Image
Mexnat kodeksi
User Image
Yo'riqnoma
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube