IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO‘LIMI
Hozirgi kunda universitetda iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy faoliyatga qiziquvchi, mustaqil fikrga ega, qobiliyatli iqtidorli talabalarni nufuzli professor-o‘qituvchilarga “Ustoz-shogird” an’analari asosida biriktilib, talabalar o‘rtasida turli tanlovlarga keng targ‘ib qilinib kelinmoqda hamda iqtidorli talabalarni tegishli fan olimpiadalariga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda fakultetlar bo‘yicha iqtidorli talabalarning bazasini yangilandi va ro‘yxati tasdiqlandi. Bakalavriatning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalarga universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi haqida ma’lumot berib, uning maqsad va vazifalari bilan tanishtiriladi.
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
IQTIDORLI TALABALARNI IZLASH, ANIQLASH VA MAQSADLI TAYYORLASH BO‘YICHA
N I Z O M
Mazkur Nizom O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash hamda talabalarining a’lo o‘qishlari, talabalar fan olimpiadalari, turli tanlovlardagi yutuqlari hamda ilmiy sohada alohida natijalarga erishganlarini tanlov asosida rag‘batlantirib borish maqsadida ishlab chiqilgan.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 10 iyul 1998 yil 185-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq ishlab chiqilgan.
Unda iqtidorli talabalarni izlash, tanlash va kelajakda ularning zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan, bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan, zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari tizimlaridan mukammal foydalana oladigan, yetuk ma’naviy xususiyatlarga ega bo‘lgan, ajdodlarimizning ilm sohasidagi yutuqlarining davomchilari bo‘la oladigan, vatanparvar va barkamol inson bo‘lib shakllanishi uchun universitet jamoasi bajarishi zarur bo‘lgan asosiy vazifalar, ularni bajarishning shakl va usullari belgilangan.
Iqtidorli talabalar - O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi.
1.2. Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy maqsadi - respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual elitani tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishdir.
1.3. Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlashning vazifalari quyidagilardan iborat:
- iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati, chuqur bilim olish va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
- malakali professor-o‘qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etish;
- ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etish;
- iqtidorli talabalarni yuqorini oliy ta’limning keyingi bosqichlariga tayyorlash va jalb qilish;
- iqtidorli talabalar monitoringini shakllantirish;
- iqtidorli talabalar uchun maxsus o‘quv dasturlari, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
- buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tamonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlash.
2. Iqtidorli talabalarni tanlash tamoyillari
2.1. Iqtidorli talabalarni izlash o'qishning dastlabki kunlaridan kasbga yo'naltirish ishlarini olib borish jarayonida amalga oshiriladi.
2.2. Barcha fanlardan yuqori reyting ko'rsatkichiga erishgan va maxsus dastur asosida o'qishga xohishi bor talabalar pedagogik–psixologik test sinovlaridan o'tadilar.
2.3. Pedagogik-psixologik testlardan muvaffaqiyatli o'tgan va o'zlarining xohishlariga ko'ra ilmiy ishlar bajarishga, chet tili, axborot texnologiyalari, O'zbekiston tarixi, milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, fundamental va maxsus fanlarni chuqurlashtirilgan dastur asosida o'qishga moyilligi bor va «Iqtidorli talaba» deb tan olingan talabalarga maxsus o'qishlar tashkil qilinadi.
2.4. Iqtidorli talabalar quyidagi talablarga javob berishlari zarur:
- fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirish;
- chet tillaridan biri (bir nechtasi)ni puxta egallash;
- yuqori darajadagi kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi;
- yustaqil fikrlash, yangi fikr va mulohazalarni bildirish, amalda tadbiq etish xususiyatlariga ega bo‘lishi;
- sohasi bo‘yicha mustaqil bilim olishga yo‘naltirilgan va ilm-fan sohasidagi yangiliklarni tezkorlik bilan egallash xususiyatlari shakllangan bo‘lishi;
2.5. Iqtidorli talaba o‘zining maxsus o‘quv va ijodiy ishlarini to‘la va belgilangan muddatlarda bajarishi, o‘qishda, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarni bajarishda va jamoat ishlaridagi faolligi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lishi zarur.
3. Iqtidorli talabalarning mustaqil ta'lim faoliyatini tashkil etish.
3.1. Fanlardan yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega, pedagogik-psixologik test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va o‘zlarining xohishlariga ko‘ra ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga, ikkinchi chet tili, axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi, Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, fundamental va maxsus fanlarni chuqurlashtirilgan dastur asosida o‘qishga moyilligi bor va «Iqtidorli talaba» deb tan olingan talabalarga fakultet Kengashining tavsiyasiga ko‘ra Universitet rektorining buyrug‘iga asosan maxsus o‘qishlar tashkil qilinadi.
3.2. Ta'lim olish pedagogik - psixologik test sinovlari natijalariga va fakultet Ilmiy Kengashi qaroriga asosan iqtidorli talabalar guruhlari tashkil etilishi va maxsus chuqurlashtirilgan o‘quv dasturi asosida amalga oshiriladi.
3.3. Maqsadli chuqurlashtirilgan o‘quv dasturi, umumiy (asosiy) o‘quv dasturiga qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan o‘quv bo‘limi, dekanatlar va kafedralar hamkorligida iqtidorli talabalarning qobiliyatlarini aniqlab olgan holda har o‘quv yilining boshida (20-sentyabrgacha) tuziladi va Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga tasdiqlashga taqdim etiladi.
3.4. Tanlab olingan fanlardan o‘qitishni chuqurlashtirish (chuqur bilim berish) talabalarning qobiliyatlarini e'tiborga olgan holda ushbu fanlar o‘quv dasturlarini kengaytirish hisobiga bo‘lishi mumkin. Iqtidorli talabalarni o‘qitishni tashkil etish ularda mustaqil ta'lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi shart.
3.5. Ilmiy rahbar (ustoz) iqtidorli talaba va chuqurlashtirilgan holda o‘rganilishi nazarda tutilgan fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda maxsus dastur va tematik reja tuzadi.
3.6. Iqtidorli talabalar bilan o‘quv mashg‘ulotlari davra suhbatlari, berilgan shaxsiy topshiriqlarning muhokamasi, mahorat darslari, seminarlar va talabalarni qiziqtirishga yo‘naltirilgan boshqa shakllarda olib boriladi.
3.7. Iqtidorli talabalar uchun universitet kutubxonasidan, xalqaro internet tizimidan foydalanish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Kutubxona ma'muriyati zarur adabiyotlar bilan iqtidorli talabalarning ehtiyojidan kelib chiqib ta'minlashga majburdir.
3.8. Iqtidorli talabalarga dekanatlar yoki kafedralar tavsiyasiga ko‘ra va tanlov asosida ilmiy rahbar tayinlanadi. Ustoz o‘zining shogirdi bilan hamkorlikda olib boradigan, o‘quv yilining so‘nggida erishilishi kutilayotgan natijalar rejasini tuzadi va bu reja fakultet Kengashida tasdiqlanadi.
3.9. Kafedra Kengashi iqtidorli talabaning ijodiy ish rejasini tasdiqlaydi, hamda institut rektoriga talabaning chuqurlashtirilgan guruhlarda o‘qishiga tavsiya beradi. Kafedra Kengashi o‘quv yili davomida kamida bir marta ilmiy rahbarning yoki zarur bo‘lgan holda iqtidorli talabaning o‘quv va ijodiy rejalarining bajarilishi haqidagi hisobotlarini muhokama qiladi. Ustozning talaba bilan hamkorlikda olib borgan ishlari natijalari qoniqarli emas deb topilsa, ularga zarur maslahatlar, tavsiyalar beriladi yoki talabani umumiy holda o‘qishga o‘tkazish haqida fakultet dekani fakultet Kengashi qarori bilan Universitet rektoriga tavsiya beradi.
3.10. Dekan chuqurlashtirilgan guruhlarda o‘qiyotgan talabani o‘quv va ijodiy ishlarini reja bo‘yicha faoliyat olib borishini, kafedralarda talabaga hamma o‘qish sharoitlarni yaratilishini nazorat qilib boradi. Kafedra va talabaning ustozi hamkorlikda talabaga nazorat ishlari, kurs ishlari va boshqa o‘quv ishlarini topshirish muddatlarini belgilaydi.
3.11. Maxsus dastur asosida o‘qitilayotgan iqtidorli talaba bilan hamkorlikda va uning ijodiy rejasini e'tiborga olgan holda fanlar bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirish, o‘quv dasturini bajarish usullari belgilanadi, talaba fanlarni o‘zlashtirishi uchun kerakli adabiyotlar, uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar bilan ta'minlanadi, ularga fanlardan maslahatchi o‘qituvchi belgilanadi va uning natijalari nazorat belgilangan muddatda qabul qilib olinadi.
3.12. Ikkinchi chet tillar, axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi, Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlaridan mashg‘ulotlar tasdiqlangan maxsus jadval asosida, chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar esa ilmiy rahbar yoki maslahatchi bilan hamkorlikda berilgan shaxsiy topshiriqlarning bajarilish holatiga qarab belgilanadi.
3.13. Yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan iqtidorli talabalarga Bo‘lim tavsiyasiga binoan, ayrim fanlar bo‘yicha darslarga (o‘qituvchining roziligi bilan) shaxsiy reja asosida qatnashish imkoniyati berilishi mumkin.
3.14. Chuqurlashtirilgan o‘quv dasturi bo‘yicha, yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega talabalar va samarali mehnat qilib yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan professor-o‘qituvchilar o‘rnatilgan tartibda rag`batlantirishga tavsiya etiladilar.
4. Iqtidorli talabalar bilan ish olib boruvchi professor-o‘qituvchilarni tanlash
4.1. Iqtidorli talabalarga dars berishga ilmiy darajali va talabani maqsadli tayyorlash dasturi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jalb etiladi.
4.2. Iqtidorli talabalarga ilmiy rahbar etib, ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega bo‘lgan, o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyati bo‘yicha reytingi yuqori bo‘lgan professor va dosentlar tayinlanadi.
4.3. Iqtidorli talabalar bilan ish olib borishda ilmiy rahbarlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
- iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturini tuzish va uni amalga oshirishga rahbarlik qilish;
- iqtidorli talabalar 3-bosqichning 30-oktyabiriga qadar “Bitiruv malakaviy ishi mavzusini – mas`ul kafedra tomonidan tasdiqlash va ilmiy rahbarni tayinlash;
- iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi xorijiy davlatlardagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni o‘z faoliyatida qo‘llash;
- yangi innovasion pedagogik texnologiyalar, kompyuter va video-audio texnikalarini o‘quv jarayonida keng qo‘llash;
- maqsadli dasturni muvaffaqiyatli bajarayotgan iqtidorli talabalarni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritish.
5. Iqtidorli talabalarning erishgan yutuqlarini baholash mezonlari
5.1. Iqtidorli talabalarga beriladigan ballar va tadbirlar
5.2. Shogirdlari iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha egallash mumkin bo‘lgan umumiy Hemis dasturidagi ballining o‘rtacha qiymatining 70 %idan yuqori ball to‘plagan va samarali mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchilar universitetning Faxriy unvonlariga va qo‘shimcha maosh olishga tavsiya etiladilar.
5.3. Hemis dasturidagi ballini belgilash uchun zarur bo‘lgan xo‘jjatlarni (hisobot, patent, chop etilgan maqola va tezis, diplom va boshqalarni) o‘rnatilgan tartibda va belgilangan muddatda taqdim etmagan iqtidorli talabalarga ball berilmaydi.
6. Iqtidorli talabalar hamda ularning ustozlarini rag‘batlantirish
6.1. Fanlarni chuqur o‘rganayotgan, ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashayotgan iqtidorli talabalarni universitet rahbariyati quyidagilarga tavsiya etishlari mumkin:
- Respublika hamda xalqaro nufuzli tanlovlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Nomli davlat stipendiyalari hamda turli mahalliy va xalqaro tanlovlarida qatnashish; iqtidorli magistratura talabalarini kafedralarda ilmiy izlanuvchi o‘qituvchi bo‘lib ishlash yoki tayanch doktoranturada o‘qishni davom ettirish;
- bakalavriat bosqichidagi iqtidorli talabalarini magistraturada o‘qishni davom ettirishi;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ko‘rinishdagi moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish;
- iqtidorli talabalarni tayyorlashda yuqori ko‘rsatkichlar va natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar universitet rahbariyati tomonidan quyidagilarga tavsiya etiladilar:
- universitet rahbariyati tomonidan ichki imkoniyatlardan kelib chiqib moddiy (stipendiyaning 2-3 barobari miqdorigacha bir marotabalik) moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish;
- “Yilning eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovida ishtirok etish;
- xorijiy mamlakatlarning ta'lim muassasalari hamda ilmy muassasalarda malaka oshirish, stajirovka o‘tash va tajriba almashishga yuborish;
6.2. Ustama haqlarning belgilanishi;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ko‘rinishdagi moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish.
- iqtidorli talabalarni va ularning ustozlarini universitetning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirish mumkin.
- buyurtmachi korxona, tashkilot va muassasa iqtidorli talabalarga stipendiya belgilashi mumkin.
7. Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish
7.1. Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash ishlari bilan “Iqtidorli talabalarning ilmiy- tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘lim shug‘ullanadi. Bo`lim universitet Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori rahbarligi ostida faoliyat olib boradi.
7.2. Bo‘lim o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha hisobot hamda tegishli ma'lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Universitet rahbariyatiga taqdim etadi.
7.3. Bo‘lim faoliyati Universitet rahbariyati hamda Boshqaruv Kengashi tomonidan muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazorat qilinadi.
8. Yakunlovchi qoidalar
8.1. Mazkur Nizom amaldagi qonunchilik hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda qayta ishlab chiqilishi mumkin.
Talabalar uchun tashkil etilgan tanlov, ilmiy va amaliy loyihalar katalogi
Iqtidorli talabalarning nafaqat ilmiy, balki innovatsion loyihalari ham e’tiborga loyiqdir. Shu sababdan innovatsion sohalarda faoliyat olib boruvchi hamda ushbu sohaga qiziquvchi yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmalari va tanlovlari tashkil etilmoqda.
https://t.me/UzSWLU_Iqtidorli_talabalar
https://t.me/iqtidorli_talabalar_uzdjtu.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida tashkil etilgan Toshkent shahridagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Media loyihalar” tanlovida Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi Ingliz tili 2-fakulteti 4-bosqich 2001-guruh talabasi Allashova Umida Baxromovna 3-darajali diplom, “Eng yaxshi maqolalar tanlovi”ning Toshkent shaxar Oliy ta’lim muassasalari (shahar) bosqichida Ingliz tili 2-fakulteti 1-bosqich 2317-guruh talabasi Rashidova Ruxshonaxon Rustamjon qizi faxrli 3-o‘rin sohibi hamda 2024-yil 18-may kuni INNO innovasion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida “Made in Univer” innovasion ishlanmalar ko‘rgazmasida Gid hamrohligi yo‘nalishi Tarjimonlik fakulteti 3-bosqich 2147-guruh talabasi Sardorbek Xushnudbekov ko‘rgazmada “StudUb” loyihasi bilan faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 800 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti sovrindori bo‘ldi.
Shunigdek, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi volontyorlik loyihalari” tanlovida Tarjimonlik fakukteti 3-bosqich talabasi Guljamol Shoquchqarova Kamol qizi ham o‘z loyihasi bilan ishtirok etdi hamda loyihasini moliyalashtirish uchun 33 810 000 so‘m miqdorda pul mablag‘i ajratildi.
Toshkent shahar IIB Madaniyat saroyida “Xitoy tili ko‘prigi-23” butunjahon xalqaro talabalar musobaqasining Respublika bosqichida Sharq filologiyasi fakulteti 3-bosqich 2101-guruh talabasi Mashanlo Zaynab Ramazon qizi Gran-pri(oliy o‘rin)ni, 4-bosqich 2007-gurux talabasi Abenova Balnur Nurseit qizi 2-o‘rinni, 4-bosqich 2007-guruh talabasi Yunusov Muxammadtoxir Yusuf o‘g‘li 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi qo‘lga kiritdi.
O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Usmonov Otabek Muzaffar o`g`li isde`dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash “Ulug`bek” jamg`armasi, Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug`bek vorislari” Respublika tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi g`olibligini qo`lga kiritib, Respublika bosqichida faol ishtirok etdi va uning loyihasi umumiy hisobda 120 million so`m miqdorida moliyashtirishga tavsiya etildi.
Talabalar o‘rtasida hamkorlik va almashinuvni rivojlantirish, fransuz tili va madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida butun dunyo bo‘ylab frankofon alyanslari talabalari uchun tashkil etilgan “Défi Inter-Alliances 2024” tanlovining birinchi va ikkinchi bosqichlarda Roman-german filologiyasi fakulteti 2-bosqich FFRA-2203 gurux talabasi Pirnazarova Sevara Doniyor qizi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uchinchi bosqichda Sevara O‘rta Osiyo vakili sifatida ishtirok etib, Okeaniya davlatlari bilan kuch sinashdi va 1-o‘rinni egalladi. Shu tariqa, u Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan oxirgi bosqich finaliga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.