O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari fakultet dekanining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim uslubchisi lavozim yo‘riqnomasi. Fakultet dekanining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining namunaviy lavozim vazifalari va malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, xat, topshiriqlarini, shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat jarayoniga tegishli oliy ta’lim muassasasining buyruqlari bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish; Fakultet tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkil etish; Talabalarning individual psixologik portreti aks ettirilgan shaxsiy varaqalarini to‘ldirishni tashkil etish; Talabalar kiyinish va muomala madaniyatiga rioya etishini kundalik nazoratga olish;  Fakultet va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ish rejalarini muvofiqlashtirish hamda ular asosida umumiy ish rejani shakllantirish, fakultet ilmiy Kengashida tasdiqlash; Fakultet professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlarini tashkil etish; Fakultet Kengashi rejasiga ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir masalalarni kiritish va doimiy muhokamasini yo‘lga quyish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish; Talaba-yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’sirida himoya qilishda hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoyisi bo‘lib yetishtirishga qaratilgan ma’naviy ishlarni tashkil qilish; Oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash; Talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy-g‘oyaviy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish; Milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarni va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish; Talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilingan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashish; Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklardan kelib chiqib talabalarda ixtisoslik ko‘nikmalarni shakllantirish; Rektor, Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, fakultet dekanining topshiriqlari asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish; Ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan kafedra mudirlari tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish; Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalaridagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” sohasiga tegishli bandiga tegishli vazifalarni tahlil qilish va to‘liq bajarilishini nazorat qilish; Ijarada yashaydigan talabalarga murabbiylarni biriktirish, ularning faoliyatini doimiy muvofiqlashtirib borish; Talabalar turar joylarida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning kundalik faoliyatini nazoratga olish; Murabbiylar tomonidan o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati”ni o‘tilishi, mazmunini doimiy nazoratga olish; Talabalarning Ota-onalari bilan doimiy muloqot qilish va fakultetlarda “Ota-onalari kuni” tadbirini uyushtirish; O‘quv binosi va talabalar turar joylarida rahbariyat topshirig‘iga muvofiq belgilangan kunlarda navbatchiliklarni tashkil etish va nazoratga olish; Har semestr yakunida fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuzasidan hisobot, fotoalbom tayyorlash va bo‘lim rahbariga taqdim etish; Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda yaxshi tashabbus ko‘rsatgan faollarni moddiy, ma’naviy rag‘batlantirishga doir takliflar, tavsiyalar berish; Jamoat tashkilotlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yish va muomala talablar bilan individual ishlash; Fakultet binosi, kafedralar va o‘quv xonalarining targ‘ibot plakatlar bilan bezatishda tashabbuskor bo‘lish hamda mazkur vazifaga siyosiy hushyorlik bilan yondashish; O‘zining xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish. 

Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya masalalariga tegishli Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTM buyruqlari, fakultet faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, odob-axloq qoidalari, OTM Ustavi, ichki mehnat tartib-qoidalari, ish yuritishga oid boshqa me’yoriy hujjatlar.Malaka talablari:Namunaviy fazilatli, intellektual, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy fikr, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;Oliy ma’lumotli (magistr diplomi)ga ega bo‘lishi;O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;Kamida 3 yillik pedagogik yoki ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha faoliyat stajiga ega bo‘lishi;Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni mukkamal bilishi zarur.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashkil etilgan. Bo‘lim o‘z vazifalaridan kelib chiqib, talabalarni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona Vatanga mehr – muhabbat, ozod va obod mamlakat barpo etishdek ulug‘ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga doir universitetda o‘tkaziladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi. Shuningdek, iqtidorli talaba-yoshlarimizni bilim va salohiyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida turli ilmiy, ijodiy va badiiy to‘garaklar, klub va yig‘inlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishi hamda universitet Axborot-resurs markazining ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qilib boradi. Bo‘lim yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda universitetning jamoat tashkilotlari ya’ni universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi, universitet madaniyat saroyi, universitet sport klubi hamda “Ijtimoiy fanlar” va “Jismoniy madaniyat va sport” kafedralari bilan chambarchas holda faoliyat olib boriladi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi. Bo‘limning tarkibiy tuzilishi Bo‘lim boshlig‘i, 4 nafar uslubchilar, 1 nafar texnik xodim, universitet psixologi, universitet akademik guruhlari tyutorlari, talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagoglari, talabalarni turar joy bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi Bo‘limining asosiy maqsadi Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat. Bo‘limning asosiy vazifalari: talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining haqiqiy fuqarolari etib shakllantirish; Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash; talabalarda kasb xunarni mukammal egallash mas’uliyatni oshirish; talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish; talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ‘ib qilish; talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va taxliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish; talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish; talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish; manzillashgan ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish. Yangi O‘zbekiston sharoitida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ‘ib etish; talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish; milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish; talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko‘maklashish; universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash; diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish; yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish; yoshlar ma’naviyatini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish; talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko‘maklashish ishlarini tizimli tashkil etish; Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tashkilot sifatida kamsitishga va ta’qibga qarshi siyosat olib boradi. Siyosatning asosiy tamoyillari universitetning odob-ahloq qoidalari kitobida aks ettirilgan. Mazkur kitobning “jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid umumiy qoidalar” bo‘limida quyidagilar ta’kidlangan: universitetda hamjihatlik, o‘zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardan biridir. Universitetda o‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyili – bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini poymol qilmasligi lozim. Jamoa a’zosi bo‘lgan universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalarining so‘z erkinligi ularga birovga tuhmat yoki haqorat qilish, o‘zaro munosabatlarda umume’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslik, o‘zaro muloqotlarda behayo so‘zlardan foydalanish huquqini bermaydi. Universitetda faqat o‘zaro “Siz” deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim. Universitet jamoa a’zolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yig‘ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlarda) so‘zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, osoyishtalik va tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq o‘z so‘zini tugatib, boshqasi so‘z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqtida zaldan chiqib ketish mumkin. Mazkur kitobning “Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlari” nomli bo‘limida quyidagilar ta’kidlangan: Professor-o‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlarida – yagona jamoa, o‘zaro hurmat va e’tibor, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim. Professor-o‘qituvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o‘zganing intelektual mulkini o‘zlashtirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish, o‘zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat’iyan man etiladi.
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube