O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari fakultet dekanining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim uslubchisi lavozim yo‘riqnomasi. Fakultet dekanining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining namunaviy lavozim vazifalari va malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, xat, topshiriqlarini, shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat jarayoniga tegishli oliy ta’lim muassasasining buyruqlari bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish; Fakultet tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkil etish; Talabalarning individual psixologik portreti aks ettirilgan shaxsiy varaqalarini to‘ldirishni tashkil etish; Talabalar kiyinish va muomala madaniyatiga rioya etishini kundalik nazoratga olish; Fakultet va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ish rejalarini muvofiqlashtirish hamda ular asosida umumiy ish rejani shakllantirish, fakultet ilmiy Kengashida tasdiqlash; Fakultet professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlarini tashkil etish; Fakultet Kengashi rejasiga ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir masalalarni kiritish va doimiy muhokamasini yo‘lga quyish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish; Talaba-yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’sirida himoya qilishda hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoyisi bo‘lib yetishtirishga qaratilgan ma’naviy ishlarni tashkil qilish; Oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga doir tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlash; Talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy-g‘oyaviy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish; Milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida olib borilayotgan anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlarni va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish; Talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish maqsadida qilingan ishlarni takomillashtirishga ko‘maklashish; Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklardan kelib chiqib talabalarda ixtisoslik ko‘nikmalarni shakllantirish; Rektor, Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, fakultet dekanining topshiriqlari asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish; Ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan kafedra mudirlari tomonidan bajarilgan ishlarni tahlil qilish va tavsiyalar berish; Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalaridagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” sohasiga tegishli bandiga tegishli vazifalarni tahlil qilish va to‘liq bajarilishini nazorat qilish; Ijarada yashaydigan talabalarga murabbiylarni biriktirish, ularning faoliyatini doimiy muvofiqlashtirib borish; Talabalar turar joylarida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning kundalik faoliyatini nazoratga olish; Murabbiylar tomonidan o‘tkaziladigan “Axborot va murabbiylik soati”ni o‘tilishi, mazmunini doimiy nazoratga olish; Talabalarning Ota-onalari bilan doimiy muloqot qilish va fakultetlarda “Ota-onalari kuni” tadbirini uyushtirish; O‘quv binosi va talabalar turar joylarida rahbariyat topshirig‘iga muvofiq belgilangan kunlarda navbatchiliklarni tashkil etish va nazoratga olish; Har semestr yakunida fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuzasidan hisobot, fotoalbom tayyorlash va bo‘lim rahbariga taqdim etish; Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda yaxshi tashabbus ko‘rsatgan faollarni moddiy, ma’naviy rag‘batlantirishga doir takliflar, tavsiyalar berish; Jamoat tashkilotlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yish va muomala talablar bilan individual ishlash; Fakultet binosi, kafedralar va o‘quv xonalarining targ‘ibot plakatlar bilan bezatishda tashabbuskor bo‘lish hamda mazkur vazifaga siyosiy hushyorlik bilan yondashish; O‘zining xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish.
Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya masalalariga tegishli Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTM buyruqlari, fakultet faoliyatiga taalluqli Nizom, yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni, odob-axloq qoidalari, OTM Ustavi, ichki mehnat tartib-qoidalari, ish yuritishga oid boshqa me’yoriy hujjatlar.Malaka talablari:Namunaviy fazilatli, intellektual, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy fikr, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;Oliy ma’lumotli (magistr diplomi)ga ega bo‘lishi;O‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo‘lishi;Kamida 3 yillik pedagogik yoki ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha faoliyat stajiga ega bo‘lishi;Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni mukkamal bilishi zarur.