Bahor shodiyonalari davom etmoqda…

 

4月10日,乌兹别克斯坦国立世界语言大学国际新闻学院通过媒体语言学与传播学系组织了一个庆祝传统 Sumalak 节的活动。

 

 

10-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi tomonidan sumalak bazmi tashkil etildi. 

 

Erta tongdan boshlangan shodiyona fakultet hududiga bahoriy iliq kayfiyat, quvonch-u zavq olib kirdi. Talabalar tomonidan milliy burchak, milliy taomlarimiz tortilgan dasturxon hozirlandi. Shodlik ulashuvchi kuy-qoʻshiqlar, raqslar va milliy oʻyinlar tadbirga yana-da oʻzgacha shukuh baxsh etdi. 

 

 

Mazkur bayram dasturiga OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi rahbariyat vakillari ham tashrif buyurdi. 

Rektor bu kabi an’analarni uzoq yillar davom ettirish kerakligini, bayram bahona ahillik yanada yuksalishi, mazkur qadriyatlar millatimizga xos bo‘lgan inoqlik, tinchliksevarlik va mehmondo‘stlikning nishonasi ekanligini ta’kidladi.

 Xalqaro jurnalistika fakultetidagi sumalak sayli ayni damda ham koʻtarinki ruhda davom etmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube