Joriy yilning 13-dekabr kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Sharq filologiyasi fakultetiga tashrif buyurdi.

Rektor Sharq filologiyasi fakultetida boʻlib, professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashdi. Tashrif doirasida auditoriya fondidan samarali foydalanish, oʻquv jarayonini muvaffaqiyatli yuritish, talabalarning ma'naviy va aqliy salohiyatini oshirish borasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni tuzatish koʻrsatib oʻtildi.

Shuningdek, oʻquv xonalardagi issiqlik taʼminoti koʻzdan kechirildi,   talabalarga yaratilgan sharoitlar oʻrganib chiqildi va qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish xususida topshiriqlar berildi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni tuzatish boʻyicha kerakli topshiriqlar berildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube