Yoşlar tarbiyasida ma’naviyat va bilimning örni
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning nabirasiga yöllagan maktubi mazmunini talabalarga yetkaziş va unda ilgari surilgan ğoyalarni keng tarğib etişga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar davom etmoqda.
Navbatdagi suhbatda fakultet dekani X. Xakimov talabalar bilan maktubning mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almaşdi. Unda yoşlarning ilm olişga bölgan intilişi, vaqtni unumli sarflaşi, zamonaviy bilim va xorijiy tillarni egallaşi, şuningdek, buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bölib kamol topişi masalalariga alohida töxtalib ötildi.
Şuningdek, maktubda bayon etilgan sabr-toqat, iroda, intizom, halollik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarning inson hayotidagi ahamiyati misollar orqali tuşuntirildi.
Talabalarga har qanday muvaffaqiyat ortida izlaniş, tinimsiz mehnat va qat’iyat turişi, eng muhimi, egallangan bilim va salohiyatni Vatan ravnaqi yölida safarbar etiş zarurligi ta’kidlandi.
Bunday ma’rifiy suhbatlar yoşlarning dunyoqaraşini kengaytiriş, ularni bilimli, taşabbuskor va vatanparvar etib tarbiyalaşga xizmat qilmoqda.