13-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy seminar tashkil etildi.
Unda O‘ktamova Navro‘za Botir qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bо‘lajak jurnalistlarga ingliz tilini о‘qitishda sotsiolingvistik kompetensiyani takomillashtirish (siyosiy-ijtimoiy matnlar misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Zoom onlayn platformasi orqali o‘tkazilgan ilmiy dastur davomida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida taqdimot namoyish etib, ilmiy seminar a’zolarining savollariga javob berdi.
2024-09-14 11-12