20-dekabr kuni Rus filologiyasi fakulteti Toshkent viloyatining  Boʻstonliq tumanidagi 125-sonli Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi.

Fakultet dekani Azizxon Raxmonov va Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari Xasan Ahmedov, Abror Dadaxanov, fakultet tyutori Intizor Sa’diyeva,  Yoshlar ittifoqi yetakchisi Murodjon To‘lanboyev tomonidan tashkillashtirilgan dasturda faol talabalar tomonidan Mehribonlik uyida ajoyib Yangi yil shousi uyushtirildi. 

Tadbir davomida bolalarga nafaqat Yangi yil sovg’alari, balki unutilmas taassurotlar ham ulashildi. 

Ta’kidlash joiz, dasturni tashkillashtirishda fakultet talabalari ajralmas hissa qo’shdi. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube