23-yanvar sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti  Yoshlar  ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining "Lider" qizlar, "Qizlarjon" klubi koordinatorlari ishtirokida psixologik trening tashkil etildi. 

Psixologik treningni universitet psixologi Z.T.Xayrullayeva olib bordi. "Jamoada  me’yorlar, qoidalarni yaratish" mavzusida tashkil etilgan psixologik treningda  Tanishuv, «Yaxshi yangiliklar to‘plami», «Guruh nima degani?», «Guruh qoidalari, me’yorlari, rollari» hamda Psixogimnastika mashg‘ulotlaridan keng foydalanildi. 

Bunday psixologik ishlarni tashkil etishdan maqsad talaba qizlar o‘rtasidagi sog‘lom psixologik muhitni barqarorlashtirishdan iboratdir. Lider qizlarimiz bilan tashkil etilgan uchrashuv katta ta’sirotlarga boy bo‘ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube