280-MAKTABDA INGLIZ TILI FANIDAN INTERAKTIV DARS

280-MAKTABDA INGLIZ TILI FANIDAN INTERAKTIV DARS

2026-yil 19-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili fakulteti talabalari tomonidan Toşkent şahridagi 280-maktabning 5-“B” sinfida ingliz tili fanidan “Sea Animals” va “Superlative Degree of Adjectives” mavzularida interaktiv maşğulot taşkil etildi.

Dars f.f.f.d. (PhD), dotsent Rasulova Nilufar hamda Pölatxonova Hilola rahbarligida ötkazildi. Unda 2481-FING guruhi talabalari Qudratillayeva Sanobar va Nasriddinova Madina faol iştirok etdilar.

 Maşğulot davomida öquvçilarning bilim va könikmalarini mustahkamlaş maqsadida bir qator qiziqarli interaktiv maşqlardan foydalanildi:

 Guess the Sea Animal! — topişmoqlar va rasmlar orqali dengiz hayvonlarini aniqlaş;

 Who Am I? — hayvonlarning xususiyatlarini tasvirlaş orqali ularning nomlarini topiş;

 

Sea Animal Vocabulary Race — dengiz hayvonlariga oid yangi sözlarni tezkorlik bilan topiş va eslab qoliş;

The Biggest, The Fastest, The Most Dangerous! — sifatlarning orttirma darajasi yordamida dengiz hayvonlarini taqqoslaş;

Letʼs Compare! — guruhlarda işlaş orqali sifatlarning orttirma darajasida gaplar tuziş.

 Darsning asosiy maqsadi öquvçilarning ingliz tilidagi luğat boyligini oşiriş, grammatik bilimlarini mustahkamlaş, tanqidiy fikrlaş hamda xorijiy tilda erkin muloqot qiliş könikmalarini rivojlantirişdan iborat böldi.

Maşğulot zamonaviy pedagogik metodlar, interaktiv öyinlar va kommunikativ yondaşuv asosida taşkil etilib, öquvçilarning yuqori qiziqişi va faol iştiroki bilan keçdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube