3-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorat binosining 7-qavatida Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi oflayn va ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.
Seminar kun tartibiga muvofiq Radjabova Muxtasar Davranbekovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (arab tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Arab tilida talabalarning yozuv malakasini integrativ yondashuv asosida shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Muhokama davomida tadqiqotning nazariy asoslari, metodik yondashuvlari va amaliy natijalari atroflicha tahlil qilindi. Seminar ishtirokchilari tomonidan ilmiy tavsiyalar va konstruktiv fikrlar bildirildi.
Muhokamalar yakunida dissertatsiya ixtisoslik talablariga javob berishi ta’kidlanib, uni keyingi bosqichga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
Ilmiy seminar yuqori saviyada, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tkazildi.