20-fevral kuni OʻzDJTU 5-talabalar turar joyiga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi, Axborot siyosati masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi Nazokat Abduqunduzova tashrif buyurdi.
Universitet matbuot kotibi – Axborot siyosati masalalari bo’yicha prorektor Otabek Ibragimov hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi, Axborot siyosati masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi Nazokat Abduqunduzova bilan birgalikda turar joyda istiqomat qilib keluvchi talabalardan kelib tushgan murojaat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Talabalar yotoqxonasidagi sharoitlar, issiqlik tizimi, sanitariya jihozlari ko‘zdan kechirildi.
Muammolarni bartaraf etish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi kutilayotgani ta'kidlandi.