6-may kuni Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasiga bag‘ishlangan ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ilmiy majlisda Komilova Gulmira Olimovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Bilingual she’riyatda lingvopoetik vositalarning qiyosiy tahlili” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi himoyasi tinglandi.
Dissertatsiyada nazariy asoslar va amaliy misollar uyg‘un holda yoritib berildi. Ilmiy kengash a’zolari va ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya yuzasidan savollar berilib, bahs-munozaralar olib borildi.