Alisher Navoiy shaxsiyatining badiiy talqiniga bag‘ishlangan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
4-iyul kuni soat O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishlarini muhokama qilishga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ilmiy tadbir offline va ZOOM onlayn platformasi orqali aralash shaklda tashkil etildi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, dissertant va rasmiy opponentlar ishtirok etdilar.
Seminarda Tkachenko Alla Viktorovna tomonidan 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Oybekning “Navoiy” romani va L. G. Batning “Hayot bogʻi” qissasida Alisher Navoiy shaxsiyatining badiiy talqini” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
Ilmiy ishda Oybekning “Navoiy” romani va rus yozuvchisi L. G. Bat qalamiga mansub “Hayot bogʻi” qissasida Alisher Navoiy obrazining yaratilish xususiyatlari, badiiy talqindagi o‘xshash va farqli jihatlar, tarixiy manbalarga tayanuvchanlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ifodasi chuqur tahlil etilgan. Seminar ishtirokchilari dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va nazariy-amaliy ahamiyatini alohida eʼtirof etdi.
Ilmiy seminarda rasmiy opponentlar ishtirok etib, dissertatsiya yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ular ishning ilmiy pishganligini, mavzuning adabiy jarayondagi dolzarbligini va dissertant tomonidan olib borilgan chuqur tahlilni yuqori baholashdi.
Muhokama yakunida ilmiy seminar a’zolari tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi hamda dissertatsiya ishini filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoyaga tavsiya etish bo‘yicha ijobiy xulosa berildi.