Amerika Qo‘shma Shtatlarining yetakchi universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Universitet vakillari hamda O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan Amerika Qo‘shma Shtatlarining nufuzli universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari universitetda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlari uchun mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 

 

Shuningdek, mehmonlar universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan taqdim etilgan universitet faoliyati, ta’lim dasturlari, ilmiy yo‘nalishlar, xalqaro hamkorlik tajribasiga bag‘ishlangan taqdimotlarda ishtirok etdi. O‘zaro muloqot jarayonida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, akademik almashinuv masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda kelgusida hamkorlilk aloqalarini o‘rnatish  masalalari muhokama qilindi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube