AQSh elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda AQSh elchixonasining Ingliz tili dasturi yetakchi mutaxassisi Stockton Duvall, Hududiy ingliz tili ofisi rahbari Kim Chilmonik hamda AQSh Davlat departamenti granti asosida yuborilgan ingliz tili o‘qituvchisi — English Language Fellow Monica Zhang ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ingliz tili o‘qituvchisi Monica Zhangni universitet jamoasiga tanishtirish, O‘zDJTU yosh o‘qituvchilari uchun “University English Teaching Essentials” loyihasini amalga oshirish, shuningdek, qo‘shimcha ingliz tili mutaxassisini qisqa muddatga universitetga biriktirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
2026-09-11 12-03