Barselonada navbatdagi strategik uchrashuv!
Ispaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) QS reytingida TOP-172 o‘rinda turadi hamda Yevropaning ilg‘or tadqiqot universitetlari qatoriga kiradi.
40 mingdan ortiq talaba tahsil oladigan ushbu universitetda 100 dan ziyod davlatdan kelgan 10 mingdan ortiq xalqaro talabalar mavjud bo‘lib, u haqiqiy global akademik muhitga ega yirik maskan hisoblanadi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari — Dilrabo Baxronova, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri hamda Lochin Zaripov, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i UAB tomonidan yuksak darajada kutib olindi.
Delegatsiyani quyidagi nufuzli vakillar qarshi oldi:
— Oscar Jané — xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor
— Ana García — prorektorat kotibiyati vakili
— Montserrat Alegre — xalqaro institutsional aloqalar va kelishuvlar bo‘yicha mas’ul
Mazkur tarkib uchrashuvning yuqori darajada va strategik ahamiyatga ega ekanini yaqqol namoyon etdi.
Tashrifning asosiy yo‘nalishlari:
- Institutsional hamkorlikni kengaytirish
- Akademik mobilitet va almashinuv dasturlarini rivojlantirish
- Erasmus+ KA171 doirasida yangi imkoniyatlarni yo‘lga qo‘yish
- Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish
Ushbu uchrashuv — kelajakdagi yirik xalqaro hamkorliklar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

UAB kampusi — Bellaterra hududida joylashgan bo‘lib, u to‘liq shakllangan zamonaviy “akademik shahar” sifatida tanilgan.