Joriy yil 29-iyun kuni Braziliyaning Kampinas universiteti Xalqaro aloqalar departamenti ijrochi direktori Dr. Osvaldir Pereira Taranto hamda ushbu department xodimi Mayara Ferreira Morais xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqot chogʻida tomonlar talaba va oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish, ilmiy sohada hamkorlik qilish, xususan OʻzDJTUda portugal tilini ikkinchi til sifarida oʻqitish uchun Kampinas universitetidan mutaxassislarni jalb qilish kabi masalalar muhokama qilindi. 

Dr.Osvaldir Pereira Taranto universitetimiz bilan turli sohalarda hamkorlik qilishga katta qiziqish bildirdi va YUNESCO tashkiloti loyihasi doirasida portugal tilini ikkinchi chet tili sifatida o’qitish uchun malakali professor-oqituvchilarni OʻzDJTUga yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.Muzokaralar natijasiga koʻra, Kampinas universiteti bilan OʻzDJTU o’rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube