6-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 10-son majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yusupov va Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A.Nosirov va oliygohning boshqa masʼullari ishtirok etdi.

Dastur davomida Zaripova Raʼnojon Zaripovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Badiiy tarjimada muallif va tarjimon uslubi masalalari” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube