“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida chim ustida hokkey mashg‘ulotlari davom etmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va talabalar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida chim ustida hokkey bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Mazkur sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlar haftaning seshanba va payshanba kunlari, o‘z ishining ustalari — tajribali murabbiylar tomonidan olib borilmoqda. Darslar xalqaro talablar asosida tashkil etilib, talabalar va universitet xodimlarining texnik ko‘nikmalari va jismoniy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘zDJTU rahbariyati tomonidan ilgari surilgan mazkur tashabbus, nafaqat sport sohasidagi iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, balki universitet sport infratuzilmasini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.