11-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti tomonidan yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Nazarov hamda yapon tili oʻqituvchisi Kamei Yukari tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari ishtirokida ekologik tadbir tashkil etildi. 

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat.
“Biz tabiatga befarq emasmiz” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tadbir davomida talabalar universitet hududida yig‘ilib qolgan turli chiqindilarni to‘plab, ularni turiga qarab saralab chiqindi qutilariga joylashtirdilar. Ushbu jarayon orqali ularga chiqindilarni to‘g‘ri saralashning ekologik ahamiyati yuzasidan qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalar va ustozlar birgalikda hududdagi quruq barglarni tozalab, atrofni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Bu esa nafaqat universitet hovlisining yanada ozoda bo‘lishiga xizmat qildi, balki yoshlarning tabiatga nisbatan masʼuliyatli yondashuvini yanada mustahkamladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube