O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Akademiyasi va universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limidan siz kutgan yangilik.

Universitetda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug'ullanuvchi iqtidorli talabalar safini kengaytirish va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Contribute to the science" mavzusidagi Yoshlar Akademiyasi forumi tashkil etildi. 

Ushbu forum 2024-yil 24-25-aprel kunlarida bo'lib o'tadi. 
 Forum doirasida sizni:
24-aprel kuni
 "Stipendiantlar va iqtidorli talabalar uchrashuvi" 
"Ilmiy maqolalar yozish tartib-qoidalari" mavzusida seminar-trening
"The contribution of science and innovation to the development of Uzbekistan" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya
"Innovatsiya - Yangi O'zbekiston ustuni" mavzusida startaplar va innovatsiyalar bo'yicha seminar-trening

25-aprel
"Science and innovation: problems and solutions" mavzusida MUN konferensiyasi kutmoqda. 

Barchangizni ushbu forumda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. 

2024-04-04 03-57

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi