Shamutalova Shohida Batirovna O‘zDJTU rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
Shamutalova Shohida Batirovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Aholi bandligi departamenti “Ishsizlar hisobini yuritish va bandligini ta’minlash boshqarmasi” bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shohida Shamutalova 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1999-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini, 2000-yilda mazkur universitet magistraturasini tamomlagan. 2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati davomida ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, oila va xotin-qizlar masalalari hamda bandlik sohalarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Yangi lavozimida Shohida Batirovnaga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!
2026-08-26 09-00