- 2024-05-15 09-24 
									Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha asosida “KOMPARATIVISTIKA” (COMPARATIVE STUDIES) ilmiy-uslubiy jurnali tashkil etildi va birinchi soni e'lon qilindi. “Komparativistika” (Comparative Studies) ilmiy elektron jurnali fan nomzodlari va fan doktorlari, yosh olimlar, mustaqil tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va  magistrantlarning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tadqiqot natijalari aks etgan maqolalarini e’lon qilish uchun qabul qiladi.  Maqollarni taqdim qilish uchun Jahon adabiyoti kafedrasiga murojaat qilishingiz mumkin.								
							 
									 
  
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
													 
         
		 
		 
		 
		 
		