Ispaniyaning Xaen Universitetiga ERASMUS+ dasturi boʻyicha 2024-2025 o’quv yilining 2-semestri uchun talabalarning akademik mobillik dasturi asosida ispan tili yoʻnalishi 3-bosqich talabalari uchun oʻqishga yuborish tanlovini eʼlon qilamiz!
Erasmus+ Student Mobility – 1 oʻrin ( Xaen Universitetiga)
Dastur davomiyligi: Student Mobility – 5 oy
AGAR SIZ QUYIDAGI TALABLARGA TO‘LIQ MUVOFIQ BO‘LSANGIZ, ARIZAINGIZNI KUTAMIZ!
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
O‘zDJTU Roman-german fakultetining ispan tili yo’nalishi 3 - bosqich talabasi boʻlishi;
Tilni bilishi (ispan tili);
Avval Erasmus+ dasturida qatnashmagan bo‘lishi.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (nusxasi);
Rezyume (CV, ispan tilida);
Chet tili (ispan) kamida B2 darajasini tasdiqlovchi sertifikat;
Turli sertifikatlar, sovrinlar, mukofotlar, maqolalar kabi hujjatlar;
Hemis tizimidagi baholar (transcript);
Motivatsiya xati (ispan tilida, 1 betdan oshmasligi kerak);
Motivatsion xatda:
Nomzod haqida qisqacha ma’lumotlar, tanlangan soha bo‘yicha kasbiy tajribasi (agar mavjud bo´lsa), dasturda ishtirok etish maqsadi, akademik mobillik oʻqishini bitirib kelganidan keyingi kutilayotgan natijalar haqida ma’lumotlar yoziladi;
Ariza topshirishning muddati: 11/10/2024 dan 25/10/2024 yil sanasiga qadar
Tayyorlangan barcha hujjatlar Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi xalqaro ishlar bo’yicha mas’ul D.Xaydarovaga topshiriladi.