“Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqalar 27–28-avgust kunlari universitet sport majmuasida o‘tkazilib, unda universitet jamoasi vakillari sportning basketbol va voleybol turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Basketbol bahslarida erkak professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etgan bo‘lsa, voleybol musobaqalarida ayol professor-o‘qituvchilar va xodimlar jamoalari kuch sinashdilar.

Musobaqalar davomida ishtirokchilar yuqori faollik, jamoaviy hamjihatlik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube