“Alisher Navoiy “Xamsa” dostonining ingliz tiliga tarjimasi va dostonlarning parallel korpusga asoslangan elektron platformasini yaratish” loyihasining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

“Alisher Navoiy “Xamsa” dostonining ingliz tiliga tarjimasi va dostonlarning parallel korpusga asoslangan elektron platformasini yaratish” loyihasining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan “Alisher Navoiy “Xamsa” dostonining ingliz tiliga tarjimasi va dostonlarning parallel korpusga asoslangan elektron platformasini yaratish” loyihasining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 



Yig‘ilishni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, loyiha rahbari Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich ochib berdi.

Unda loyiha doirasida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar, ustuvor yo‘nalishlar hamda ishlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur loyiha doirasida Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlarini ingliz tiliga tarjima qilish, ular asosida o‘zbek-ingliz parallel lingvistik korpusini shakllantirish hamda zamonaviy elektron platforma yaratish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilish davomida loyiha ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda loyiha a’zolari onlayn va oflayn formatlarda ishtirok etib, loyihaning mazmun-mohiyati va istiqbollari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube