“O‘zbegim Zebolari” nomli Respublika tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida 

N I Z O M

Mazkur Nizom jamiyatda xotin-qizlar faolligini oshirish, xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, musiqaga, san’atga, adabiyotga qiziqishi bo‘lgan xotin-qizlarni iqtidorlarini yanada kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-208-son Farmoni, Toshkent shahar hokimining 2025-yil 21-yanvardagi “Toshkent shshrida milliylikni keng targ‘ib qilishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi 31-14-0-Q/25-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda “Dolzarb 90-kun” loyihasi doirasida “O‘zbegim Zebolari” nomli tanlovni (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar
1.1. Tanlov respublikamizning umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassalari o‘quvchi va o‘qituvchilari hamda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan erkin ijodkor xotin – qizlar ishtirokida o‘tkaziladi.
1.2. Tanlovda har bir ishtirokchi o‘z hohishiga ko‘ra, erkin tarzda (nizomning 4.1 bandiga asosan) ijro dasturi bilan ishtirok etadi.
1.3. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha chora-tadbirlar va tashkiliy ishlar Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (bundan buyon matnda tashkiliy qo‘mita deb yuritiladi) tomonidan
muvofiqlashtiriladi.
2-bob. Tanlovning maqsadlari
2.1. Tanlovning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
- xotin-qizlarni milliyligimizga, milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmatini yanada orttirish;
- madaniyatga, adabiyotga va san’atga qiziqqan har bir ijodkor qizlar uchun ijodiy maydon yaratib berish;
- xotin-qizlarimizning iste’dodi, va ijodiy qobiliyati bo‘yicha ijrochilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish;
- milliy san’atimiz, milliy liboslarimiz va milliylikning ijobiy ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazishga qaratilgan ma’rifiy, madaniy axborot va reklama tadbirlarini amalga oshirish
3-bob. Tanlovda ishtirok etish
3.1. O‘zbekiston xotin-qizlar qumitasi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi, Toshkent shahar oliy ta’lim fan va innovatsiyalar Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Arizalar 2025-yilning 11-avgustidan 25-avgustiga qadar Tashkiliy qo‘mitaning @jaxon_navo telegram manzili orqali qabul qilinadi. 

Ishtirokchilar tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:
1. Ariza;
2. Anketa;
3. 1 dona elektron variantda rangli 3x4 fotosurat;
4. Ishtirokchining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvoxnomasi yoki pasporti;
Izoh: Ariza, nizomning 1-ilovasida keltirilgan.
4-bob. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish shartlari
4.1. Tanlov 2025-yilning 26-30-avgust kunlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yakka va jamoa tarzida o‘tkaziladi:
- an’anaviy xonandalik yo‘nalishi;
- an’anaviy cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi;
- adabiyot yo‘nalishi;
- estrada xonandaligi yo‘nalishi;
- estrada cholg‘u ijrochiligi
- dezayn yo‘nalishi- teatr san’ati yo‘nalishi;
- raqs san‘ati yo‘nalishi
4.2. Ishtirokchilarga:
- ishtirokchilar har bir ijrosida milliy kiyimda bo‘lishlari
- yakka ijrolar 6 daqiqagacha, jamoaviy ijrolar 10 daqiqadan oshmasligi lozim
- ishtirokchilar belgilangan vaqtdan chiqmagan holda bitta yoki ikkita ixtiyoriy tanlangan asarlarni ijro etishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hakamlar hay’ati ularning ijro mahoratlariga qarab baholash vakolatiga ega bo‘ladilar.
4.3. Jamoaviy ishtirokchilar soni 6 nafargacha bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
4.4. Ishtirokchilar yoshiga ko‘ra quyidagi guruhga bo‘linadi:
Birinchi guruh - 7 yoshdan 10 yoshga qadar (10 yosh ham kiradi)
Ikkinchi guruh - 11 yoshdan 14 yoshga qadar (14 yosh ham kiradi)
Uchunchi guruh-15 yoshdan 17 yoshga qadar (17 yosh ham kiradi)
To‘rtinchi guruh – 18 yoshdan 22 yoshga qadar (23 yosh ham kiradi)

Beshinchi guruh – 23 yoshdan 26 yoshga qadar (26 yosh ham kiradi)
Oltinchi guruh – 27 yoshdan 30 yoshga qadar (30 yosh ham kiradi)

Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan madaniyat va san’atga ixlosmand xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.
4.5 Tanlovga topshirilayotgan xar bir ariza, yakka tarzda qatnashish uchun 150 000 so‘m miqdorda, guruhli ishtirokchilar uchun (2 va undan ortiq) 250 000 so‘m miqdorda tashkiliy to‘lov olinadi. Guruhli ishtirokchilar 6 nafardan oshmasligi lozim. To‘lov 2-ilovaga muvofiq pul ko‘chirish yo‘li orqali amalga oshiriladi.
5-bob. Tanlov ishtirokchilarini baholash
5.1. Ishtirokchilarning ijrolari hakamlar hay’atining har bir a’zosi tomonidan alohida tarzda 25 ballik tizimda baholanadi.
Ishtirokchilarning umumiy ballari, qo‘yilgan ballarning yig‘indisiga ko‘ra aniqlanadi. Umumiy bali eng ko‘p bo‘lgan ishtirokchilar orasidan hakamlarhay’ati qaroriga asosan tanlovning 1, 2, 3-o‘rin hamda Gran-pri sovrindorlari belgilanadi (har bir yosh toifasi bo‘yicha).
5.2. Tanlovning yakuniy natijalari hakamlar hay’atining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
5.3. Gran-priga nomzodlar hakamlar hay’atining qaroriga asosan belgilanadi. Bunda, hakamlar hay’ati ishtirokchilarning ijrosi, Gran-priga munosib bo‘lmasa nomzod taqdim etmaslik huquqiga ega.
5.4 Hakamlar hay’atining qarori qat’iy hisoblanadi va qayta ko‘rib chiqilmaydi.
5.5. Tanlov ishtirokchilari har bir yosh guruhi bo‘yicha:
1, 2, 3-darajali diplom, estalik sovg‘alari (yakka va jamoa ishtirokchilariga), hamda Gran-pri sovrindorlari 1 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ishtirokchilarning o‘qituvchi va konsertmeysterlari, muassasa rahbarlari ham tashkiliy qo‘mitaning maxsus tashakkurnomasi bilan taqdirlanadi.
6-bob Tashkiliy qo‘mita tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
6.1. Tanlovni yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazish;
6.2. Tanlov shaffof o‘tishini ta’minlash;
6.3. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash va gala-konsert marosimini yuqori darajada o‘tkazish, bunda, hamkorlar, ommaviy axborot vositalarini jalb qilish;
6.4. Tanlov jarayoni va ishtirokchilar ijrolarini keng yoritish;
6.5. Ishtirokchilar uchun maxsus diplomlar tayyorlash
7-bob. Yakuniy qoidalar
7.1. Tanlovni o‘tkazish jarayonlari bo‘yicha kelib chiqadigan nizolar Tashkiliy qo‘mita tomonidan tartibga solinadi.


Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish uchun:
Mas’ul: Alisher
Telefonlar: 97 601-30-33, 90 973 67 00, 90 008-46-42
Telegram: @jaxon_navo Telegram kanal: @Jaxon_navo_news

Eslatma: Arizlarni qabul qilish muddati 2025-yil 20-sentyabrga qadar uzaytirildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube