Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro akademik hamkorlik davom etmoqda

Erasmus+ dasturi doirasida xalqaro akademik hamkorlik davom etmoqda

 2026-yil 4–8-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri Iroda Turamuratova Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida Ispaniyaning Alikante universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida Filologiya fakultetida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy seminarlar hamda akademik uchrashuvlarda faol ishtirok etildi. Shuningdek, mezbon universitet professor-o‘qituvchilarining dars jarayonlari kuzatilib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol ta’lim metodlari va ilg‘or xorijiy tajribalar bilan yaqindan tanishildi.

Iroda Turamuratova tomonidan universitet talabalari uchun madaniyatlararo muloqot yo‘nalishida amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda turli madaniyat vakillari bilan samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish, milliy va madaniy qadriyatlarni anglash, tolerantlik hamda madaniyatlararo kompetensiyalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur akademik almashinuv dasturi doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni rivojlantirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube