Dissertatsiya ishining himoyasi 2026-yil 10-dekabr kuni soat 9:00 da oflayn va ZOOM onlayn platforma orqali bo‘lib o‘tadi
Kun tartibi:
Xudayberganova Maxbuba Meylibayevnaning 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Fransuz va oʻzbek tillarida bolalarga oid reklama matnlarining lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining himoyasi.
Ilmiy rahbar:
Moʻminova Aziza Arslonovna – filologiya fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar:
Axmedov Oybek Saporbayevich – filologiya fanlari doktori, professor
Djafarova Dildora Ilxomovna – filologiya fanlari doktori (DSc), professor